Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.09.2016

"Qo‘qon-1912": “Metallurg” dog‘da qoldirildi (fotomaqola)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 66
"Qo‘qon-1912": “Metallurg” dog‘da qoldirildi (fotomaqola)

Oliy ligada muhim palla yaqinlashganini his etgan jamoamiz vakillari turdan-turga mazmunli o‘yin namoyish etishmoqda. Kecha No‘’mon Hasanov shogirdlari Qo‘qonda “Metallurg”ni qabul qilib, 2:1 hisobida zafar quchishdi. Qo‘qonlik futbol muxlislariga olam-olam quvonch ulashgan uchrashuvga atalgan fotomaqola bilan tanishing.

"Qo‘qon-1912": “Metallurg” dog‘da qoldirildi (fotomaqola)

FIFA referisi, Jahonning eng yaxshi hakami -Ravshan Ermatov boshqargan o‘yinlar jamoamiz uchun omadli kelmoqda. Ravshan Ermatov ishlagan uchinchi bahsda ham uch ochkoga ega bo‘ldik. Kechagi o‘yinni boshqargan hakamlar va har ikki jamoa sardorlari – Nosir Otaqo‘ziev hamda Hikmat Hoshimovlar uchrashuvdan oldin esdalik uchun suratga tushishdi.

"Qo‘qon-1912": “Metallurg” dog‘da qoldirildi (fotomaqola)

"Qo‘qon-1912": “Metallurg” dog‘da qoldirildi (fotomaqola)

Suhrob Berdiev kechagi bahsni yuqori darajada o‘tkazdi. Buning natijasida uchrashuvda hisobni ochish aynan tinib-tinchimas hujumchimizga nasib etdi.

"Qo‘qon-1912": “Metallurg” dog‘da qoldirildi (fotomaqola)

Golni futbolchilarimiz shu tarzda nishonlashdi. Darko Gojkovichning quvonchi cheksiz.

"Qo‘qon-1912": “Metallurg” dog‘da qoldirildi (fotomaqola)

"Qo‘qon-1912": “Metallurg” dog‘da qoldirildi (fotomaqola)

Butun uchrashuv davomida faol harakat qilgan Nosir Otaqo‘ziev boshi bilan raqib darvozasini aniq nishonga oldi. Ammo penaltini golga aylantira olmagani chakki bo‘ldi.

"Qo‘qon-1912": “Metallurg” dog‘da qoldirildi (fotomaqola)

"Qo‘qon-1912": “Metallurg” dog‘da qoldirildi (fotomaqola)

Har bir o‘yinda Otabek Zokirov yuqori sport formasiga kirib olganini isbotlamoqda. Kechagi o‘yin ham bunga dalil bo‘la oladi.

"Qo‘qon-1912": “Metallurg” dog‘da qoldirildi (fotomaqola)

Javohir Siddiqovning kechagi harakatlari maqtovga sazovor. Kecha muxlislar uni bejizga Messi, Messi deb olqishlashmadi. Siddiqov “Metallurg” futbolchilarni mohirlik bilan aldab o‘tib, muxlislar mehrini qozondi.

"Qo‘qon-1912": “Metallurg” dog‘da qoldirildi (fotomaqola)

Aziz Ashurovga ham tasanno. Uning mahorati jamoamizning g‘alabasini ta’minladi. Darvozabon yarim jamoa degan aqida naqadar to‘g‘ri ekanligi kecha o‘z isbotini topdi.

"Qo‘qon-1912": “Metallurg” dog‘da qoldirildi (fotomaqola)

“Markaziy” o‘yingohga tashrif buyurgan 5159 tomoshabin butun o‘yin davomida shunday tarzda futbolchilarni olqishlab turishdi. G‘alaba esa ularga ataldi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar