Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.09.2016

O‘zbekiston Kubogi-2016. “Buxoro” – “Nasaf”. PrevShyu

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 84
O‘zbekiston Kubogi-2016. “Buxoro” – “Nasaf”. PrevShyu

Amaldagi O‘zbekiston Kubogi va Superkubogi sohibi – “Nasaf” jamoasi yana kubok uchun bahslarni davom ettiradi.

“Nasaf” O‘zbekiston Kubogi yarim finali javob uchrashuvini 21 sentyabr chorshanba kuni Buxoroda “Buxoro” jamoasi bilan o‘tkazadi. Uchrashuv “Buxoro” sport majmuasida soat 18:00da boshlanadi.

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

“Nasaf” va “Buxoro” jamoalari bungacha O‘zbekiston kubogi yarim finalida 2012 yili tuqnash kelishgan. O‘sha yili chorak finalda “Buxoro” jamoasi Toshkentning “Lokomotiv” jamoasidan ustun kelib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, jamoamiz Bekobodning “Metallurg” jamoasi ustidan umumiy 5:4 hisobida ustun kelib yarim finalga etib kelgan edi.

O‘sha yili ham yarim finalning dastlabki uchrashuvi 22 avgust kuni Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan va jamoamiz ushbu uchrashuvda 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. Uchrashuvdagi gollarni Alisher Yusupov va Artur Gevorkyanlar kiritgan. 25 noyabrSh kuni Buxoroda bo‘lib o‘tgan yarim final javob uchrashuvi 3:3 hisobida yakunlangan va umumiy 5:3 hisobi orqali jamoamiz O‘zbekiston Kubogi-2012 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

“Nasaf” bu yilgi kubok uchun kurashdagi yarim finalning dastlabki uchrashuvini o‘z maydonida 22 avgust dushanba kuni yana Buxoroning “Buxoro” jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Uchrashuvda “Nasaf” jamoasi 2:0 hisobida zafar quchdi. Bu uchrashuvdagi gollarga Fozil Musaev va IgorSh Golbanlar mualliflik qilishdi (video).

Shu erda bu yilgi chempionat uchrashuvlarida ham jamoamiz har ikkala uchrashuvda “Buxoro” jamoasidan ustun kelganligini aytib o‘tish joiz. “Nasaf” jamoasi dastlab Buxoroda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 2:0, Qarshida bo‘lib o‘tgan ikkinchi davradagi uchrashuvda “Buxoro”ni 3:0 hisobida dog‘da qoldirgan.

Jamoalarning kubok bahslaridagi ishtiroki

“Buxoro” jamoasi o‘z tarixida bungacha 2001, 2004 va 2012 yillar uch marta yarim finalda ishtirok etgan. Bu yil raqibimiz o‘z tarixida to‘rtinchi marta yarim finalda ishtirok etmoqda.

“Buxoro” jamoasi bu yilgi yarim final yo‘llanmasi uchun chorak finalda “Qo‘qon-1912” jamoasi bilan bahs olib borgan. Ular Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan dastlabki uchrashuvda 1:1 hisobini qayd etishgan bo‘lishsa, o‘z maydonida bo‘lib o‘tgan javob uchrashuvida 2:0 hisobida zafar quchishgan va yarim finalga yo‘lanma olgan.

Jamoamiz bungacha O‘zbekiston kubogi finalida 5 marta ishtirok etgan va 2015 yilda ushbu billur sovrin sohibi bo‘lgan.

“Nasaf” chorak finalda “Andijon” jamoasi bilan kurash olib bordi va Andijonda bo‘lgan dastlabki uchrashuvda 2:0 hisobi, Qarshida bo‘lgan javob uchrashuvida 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga chiqqan edi.

Uchrashuv hakamlari

O‘zbekiston Kubogi-2016 yarim final javob uchrashuvini Osiyoning 5 karra eng yaxshi hakami sifatida e’tirofga sazovor bo‘lgan, FIFA hakami Ravshan Ermatov boshqaradi.

O‘zbekiston kubogi, ½ finali javob uchrashuvi

“Buxoro” (Buxoro) - ”Nasaf” (Qarshi)

21.09.2016. “Buxoro” SM. Soat 18:00da

Bosh hakam: Ravshan Ermatov (Toshkent)

Qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent)

Zaxira hakami: Elyor Tursunov (Buxoro)

Nazoratchi: Aleksandr Popov (Toshkent).

Ravshan Ermatov bu yilgi futbol mavsumida, jamoamiz ishtirokidagi uch uchrashuvda hakamlik qilgan. Ya’ni ikkita chempionat bahslarida va bir marta kubok bahsida. Jamoamiz chempionat bahslarining birida durang (“Navbahor” – “Nasaf” 2:2) va birida (“Nasaf” – “Buxoro” 3:0) g‘alaba qozongan. Kubok bahsida esa “Andijon” jamoasini mag‘lubiyatga uchratgan (O‘zbekiston kubogi ¼ finali dastlabki uchrashuvi. “Andijon” – “Nasaf” 0:2). Demak, Ravshan Ermatov jamoamiz ishtirokidagi to‘rtinchi uchrashuvni boshqaradi.

G‘olib jamoaning finaldagi raqibi kim bo‘lishi haqida

Ushbu juftlik g‘olibining bu yilgi O‘zbekiston Kubogi finalidagi raqibi kim bo‘lishi mumkin?

O‘zingizga ma’lum, hozircha yarim final ikkinchi juftligi ma’lum emas. Faqat Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi uchinchi yarim finalchi bo‘lganligi ma’lum. “Temir yo‘lchilar”ga yarim finalda kim raqib bo‘lishi, 21 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Metallurg” - “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasidagi chorak finali javob uchrashuvidan
keyin ma’lum bo‘ladi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi Toshkentda bo‘lib o‘tgan chorak finali dastlabki uchrashuvida “Bunyodkor” 3:1 hisobida “Metallurg”ni mag‘lubiyatga uchratgan edi. Katta ehtimol bilan yarim finalning ikkinchi juftligi “Bunyodkor” va “Lokomotiv” jamoalari bo‘lishi mumkin.

Demak, yarim finaldagi “Nasaf” – “Buxoro” juftligi g‘olibi, “Metallurg” – “Bunyodkor” / “Lokomotiv” juftligi g‘olibi bilan finalda asosiy sovrin uchun bahs olib boradi.

Bu yilgi O‘zbekiston Kubogining dastlabki finalchisi, 21 sentyabr kuni bo‘ladigan “Buxoro” – “Nasaf” uchrashuvidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

“Nasaf” PFK matbuot xizmati

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar