Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.09.2016

Ko‘zi ojiz suratkash Paralimpiadani suratga olish uchun akkreditatsiyadan o‘tdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 70
Ko‘zi ojiz suratkash Paralimpiadani suratga olish uchun akkreditatsiyadan o‘tdi

41 yoshli braziliyalik Joau Mayya Rio Paralimpiadasida s’yomka olib borish uchun akkreditatsiya olgan birinchi ko‘zi ojiz suratkash bo‘ldi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Fotografiya san’atiga qiziqquniga qadar Mayya San-Pauluda pochtachi bo‘lib ishlardi. U 28 yoshida — ko‘z soqqasi tomirli po‘stlog‘i yallig‘lanishi bilan bog‘liq uveit infektsiyasini boshdan kechirganidan so‘ng ko‘rish qobiliyatini yo‘qotdi. Hozir Mayya ob’ektlarga maksimal darajada yaqinlashib, ayrim shakl va ranglarni ajrata oladi.

Ko‘z nuri yo‘qolgach, Mayya hassa bilan yura boshladi hamda Brayl tizimi bo‘yicha o‘qidi. Aynan o‘sha paytda u surat olishga qiziqa boshladi.

«Suratga olish uchun ko‘rish qobiliyati bo‘lishi shart emas. Mening ko‘zlarim — yuragimda», — deydi Mayyaning o‘zi.

Oddiy kamerada suratga olishni boshlagan Joau hozir smartfondan foydalanadi. U ba’zan atrofidagi odamlardan sportchi qanday kiyingan va qanday ko‘rinishda ekanligini so‘rab oladi.

Shuningdek, ayrim ko‘zi ko‘radigan odamlar uning suratlarini qayta ishlab, Instagram’ga yuklash yo‘li bilan unga yordam beradi.

Mayya 2020 yili Tokioda o‘tadigan navbatdagi Paralimpiya o‘yinlariga ham borishni rejalashtirmoqda.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar