Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.09.2016

O‘zbekiston Kubogi-2016. “Sevinch” yarim finalda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 63
O‘zbekiston Kubogi-2016. “Sevinch” yarim finalda

Bugun G‘uzor shahrida XV O‘zbekiston Kubogi 1/4 finali javob uchrashuvida "Sevinch" jamoasi “Sho‘rtan Lady” jamoasi bilan bahs olib bordi. Jamoamiz ustunligida o‘tgan uchrashuvda futbolchilarimiz g‘uzorlik qizlar darvozasiga javobsiz beshta to‘p kiritishdi va bu yilgi kubok bahslarining yarim finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, uchrashuv jamoamiz ustunligida o‘tdi. Uchrashuvdagi hisob 17-daqiqada Feruza Turdiboeva tomonidan ochildi. U penaltidan gol kiritib, jamoamizni hisobda oldinga olib chiqda. Bu vaziyatda hujumchimiz Zebo Jo‘raevaga to‘p uchun kurashda jarima maydoni ichida himoyachilar qo‘pollik ishlatishdi. Uchrashuv hakami 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi. Penaltini Feruza Turdiboeva bexato amalga oshirib, uchrashuvdagi birinchi golga mualliflik qildi – 0:1.

Uchrashuvdagi ikkinchi gol chiroyli tarzda Mahliyo Sarikova tomonidan kiritildi. Uning jarima maydoni yaqinida darvoza tomon tepgan kuchli zarbasini Nargiza Maxmudova qaytarishga ojizlik qildi – 0:2.

Bu gollardan keyin ham jamoamiz o‘yinni aslo susaytirishmadi. Ular ketma-ket hujumlar uyushtirib, raqib jamoani tahlikaga solib turishdi. To‘g‘ri, maydon egalari ham qarshi hujumlar tashkil qilishdi. Ammo ularning hujumlari nihoyasiga etmasdan qolaverdi.

Uchrashuvning 23-daqiqasida hisob yirik 0:3 ko‘rinishga o‘zgardi. Jamoamizning navbatdagi hujumini tajribali hujumchimiz Zebo Jo‘raeva gol bilan yakunladi – 0:3. Jamoalar ana shu hisob bilan tanaffusga chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘limda ham maydondagi tashabbus jamoamiz tomonida bo‘ldi. Jamoamizning ikkkinchi bo‘limdagi hujumlarining birida endi Zumrat Nazarova gol urishga muvaffaq bo‘ldi – 0:4. Ilvina Ablyakimova uchrashuvdagi jamoamizning beshinchi golini kiritishga erishdi. Bu gol uchrashuvning 60-daqiqasida kiritildi – 0:5.

Qolgan daqiqalarda jamoamiz futbolchilari to‘pni bir-birlariga oshirish yo‘li bilan vaqtni o‘tkazishdi. Raqib jamoa esa taqdirga tan berdi shekilli, ular asosan himoyalanish bilan band bo‘lishdi.

Shunday qilib, “Sevinch” jamoamiz O‘zbekiston Kubogi 1/4 finalining har ikkala uchrashuvida ham zafar quchdi, umumiy hisob 9:0 bo‘ldi. Jamoamiz bu yilgi kubok bahslarida endi yarim finalda kurashni davom ettiradi. “Sevinch”ning raqibi 1 oktyabr kuni ma’lum bo‘ladi. “Mash’al W” – “Qizilqum Guli” jamoalari juftligining g‘olibi xuddi shu kuni aniq bo‘ladi. Ushbu juftlik o‘rtasidagi ilk 1/4 finali uchrashuvi ertaga bo‘lib o‘tadi.

XV O‘zbekiston Kubogi, chorak finali javob uchrashuvi. 19.09.2016.
“Sho‘rtan Lady” (G‘uzor) – “Sevinch” (Qarshi) 0:5 (0:3)
G‘uzor sh. “Sho‘rtan” FM maydoni. 16:30da
Dastlabki uchrashuv: ”Sevinch” – “Sho‘rtan Lady” 4:0
Gol: Feruza Turdiboeva (pen.) 17′-0:1, Mahliyo Sarikova, 19′-0:2, Zebo Jo‘raeva, 23′-0:3, Zumrat Nazarova, 50′-0:4, Ilvina Ablyakimova, 60′-0:5,
Bosh hakam: Xushnudbek Atamurotov (Xiva)
Yordamchi hakamlar: Husnora Jumaeva (Qarshi), Marjona Rahmatqulova (Shaxrisabz)
Zaxira hakami: Zilola Rahmatova (Qarshi).
Nazoratchi: Toshtemir Do‘stov (Buxoro).
O‘zAFA vakili: Elmira G‘ulomova (Toshkent).

“Sho‘rtan Lady”: 22.Nargiza Maxmudova (1.Zarina Saidova 56), 17.Sarvinoz Nazarova (s) (30.Fazilat Ergasheva 75), 3.Yulduz Shodieva, 23.Uldona To‘xtaeva (14.Dinara Milieva 73), 16.Sayyora Jiekbaeva, 20.Gulira’no Tolmasova, 2.Muxlisa Mirzayorova, 28.Xusniya Gancheva, 6.Gulzoda Saidova, 18.Sayyora Nurmatova.
Zaxira: 11.Xurshida Agaeva.
“Sevinch”: 1.Olga Kaxarova (16.Matluba Abdirasulova 22, 12.Laylo Tilavova 53), 5.Mahliyo Yusupova (77.Shodiya Tosheva 52), 6.Maftuna Shoyimova, 18.Kamola Riskieva, 11.Shoxida Jamolova, 4.Saida Xandamova (17.Tanzilya Zarbieva 46), 7.Feruza Turdiboeva, 9.Mahliyo Sarikova, 20.Zumrat Nazarova, 25.Ilvina Ablyakimova, Zebo Jo‘raeva (s).
Zaxira: 19.Shoxida Tojiddinova, 22.Malika Burxanova, 37.Nilufar Qudratova.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar