Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.09.2016

O‘zbekiston paralimpiyachilari jahon, paralimpiya va Osiyo rekordlarini yangiladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 80
O‘zbekiston paralimpiyachilari jahon, paralimpiya va Osiyo rekordlarini yangiladi

7-18 sentyabrSh kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi yakuniy hisob-kitoblarga ko‘ra, umumiy ro‘yxatda 16-o‘rinni egalladi.

Shuni aytib o‘tish lozimki, bu yil Paralimpiya o‘yinlarida 176 mamlakatdan sportchilar delegatsiyasi ishtirok etdi. Rio-2016 Paralimpiya o‘yinlarida terma jamoamiz 8ta oltin, 6ta kumush, 17ta bronza — jami 31 ta medalni qo‘lga kiritishdi. 11 kun davom etgan Rio-2016 Paralimpiya o‘yinlarining so‘nggi ro‘yxatiga qaraydigan bo‘lsak, O‘zbekiston Osiyoda Xitoy va Erondan keyin uchinchi, MDHga a’zo davlatlar orasida Ukrainadan so‘ng ikkinchi va Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni qayd etdi.

Mazkur Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan vatandosh sportchilarimiz 6ta jahon, 7ta paralimpiya va 12ta osiyo rekordini o‘rnatishdi. Jumladan, erkaklar o‘rtasida engil atletikaning nayza uloqtirish turida ishtirok etgan Aleksandr Svechnikov 65,69 metr natija bilan olimpiada rekordini o‘rnatdi. Avvalgi natija 59,38 metr bo‘lib u xitoylik Chiang Chin-Chunga tegishli edi. Ayollar o‘rtasida yadro uloqtirish bo‘yicha ishtirok etgan sportchimiz Safiya Burxonova 15,05 metr natija ko‘rsatib, paralimpiya va jahon rekordini yangiladi. Ayollar urtasida 200 metrga suzish musaboqasining yakka-bahslarida Fotimaxon Amilova 2:24.43 natija bilan avvalgi qayd etilgan rekordlar – kanadalik sportchi Grand-Meyson Valeriening 2:27.64 ko‘rsatkichidan o‘zib ketib paralimpiya hamda amerikalik sportchi Rebekka Mayersning 2:24.60 ko‘rsatkichini ortda qoldirib jahon rekordini yangiladi. Paralimpiya dasturidan joy olgan erkaklar o‘rtasida disk uloqtirish musobaqasida ishtirok etgan hamyurtimiz Husniddin Norbekov 59.75m natija bilan jahon hamda paralimpiya rekordini yangiladi.

Ushbu paralimpiya o‘yinlarida 32 nafar sportchimiz ishtirok etib 31ta medalni qo‘lga kiritishgani tahsinga loyiq.

Biz sportchilarimizning kelgusi paralimpiya o‘yinlarida ham muvoffaqiyatli ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilishlariga ishonamiz.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar