Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.09.2016

Rio-de-Janeyroda XV yozgi Paralimpiya o‘yinlari yakunlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 242
Rio-de-Janeyroda XV yozgi Paralimpiya o‘yinlari yakunlandi

O‘n ikki kun davomida Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XV Paralimpiya o‘yinlari o‘z yakuniga etdi. O‘n ikki kun barchamiz katta xayajon va ishtiyoq bilan mazkur musobaqalarni kuzatib bordik. Boisi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Paralimpiya o‘yinlarida har qachongidanda faolroq ishtirok etib, har kuni bizlarni xushxabarlar bilan xursand etib turishdi.
Musobqalarning so‘nggi kunida engil atletikaning nayza uloqtirish turida ishtirok etgan hamyurtimiz Nozimaxon Qayumova 44.58 metr natija bilan jahon rekordini o‘rnatgan xolda Paralimpiya o‘yinlarining oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
Ana shu tariqa delegatsiyamiz a’zolari tomonidan qo‘lga kiritilgan oltin medallar soni 8taga etdi. Yakunda terma jamoamiz a’zolari 8 ta oltin, 6 ta kumush va 17ta bronza medallari bilan umumiy 31ta medal jamg‘arishdi va umujamoa hisobida 176 ta davlat vakillari orasida medallar sifati bo‘yicha 16-o‘rinni, soni bo‘yicha esa 13-o‘rinni egallashdi. Bunaqasi hech qachon bo‘lmagandi. 32 ta ishtirokchi 31ta medalni qo‘lga kiritishi bu chinakam fantastika.
Ma’lumot uchun quyidagi raqamlarni keltirib o‘tamiz. Musobaqada eng ko‘p – 239 ta medal jamg‘argan Xitoy terma jamoasi sportning 17 ta turida 327 nafar sportchi bilan ishtirok etgan.
2.Buyuk Britaniya — 147 ta medal - 260ta sportchi (20ta sport turi)
3.Ukraina — 117 ta medal - 171ta sportchi (15ta sport turi)
4.AQSh — 115 ta medal - 288ta sportchi (20ta sport turi)
5.Avstraliya — 81ta medal - 175ta sportchi (16ta sport turi)
6.Germaniya — 57ta medal - 158ta sportchi (17ta sport turi)
**************************************************
16. O‘zbekiston — 31ta medal – 32ta sportchi (5ta sport turi)
Demak, natijalar shuni ko‘rsatayaptiki sportchilar soniga nisbatan medallar jamg‘arish borasida O‘zbekiston delegatsiyasi 96,8% natija ko‘rsatib XV Paralimpiya o‘yinlarida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Shuni alohida e’tirof etish kerakki, yurtimiz paralimpiyachilari Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi, MDHda Ukrainadan so‘ng ikkinchi, Osiyoda Xitoy va Erondan so‘ng uchinchi o‘rinni egallashdi.
Yodingizda bo‘lsa, XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi boks turida barcha raqiblarini ortda qoldirib birinchi o‘rinni egallagandi. Paralimpiyachilar orasida esa O‘zbekiston delegatsiyasi sportning dzyudo turi bo‘yicha umumjamoa hisobida birinchi o‘rindan joy oldi. (3 ta oltin, 1 ta kumush, 6ta bronza medallari). Sherzod Namozov (-60 kg), O‘tkir Nig‘matov (-66 kg) va Odil Tulendibaev (+100 kg) oltin medallar bilan taqdirlangan bo‘lsalar, 70 kilogrammgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasidagi musobaqada gilamga chiqqan Hayitjon Alimovaga kumush medal nasib qildi. Shuningdek Sevinch Salaeva (-52 kg), Tursunposhsha Nurmetova (-63 kg), Gulruh Rahimova (-70 kg), Feruz Saidov (-73 kg), Shuhrat Boboev (-90 kg), va Shirin Sharipov (-100 kg)lar bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Umuman esa sportchilarimiz tomonidan 6 ta jahon, 7 ta Paralimpiya o‘yinlari, 12 ta Osiyo rekordi o‘rnatildi. Ta’kidlash kerakki, shu vaqtga qadar birorta davlat vakillari, ya’ni ishtirokchilar soni va qo‘lga kiritilgan medallar natijasi bo‘yicha bunday ko‘rsatkichga erishmagandilar. E’tirof etish lozimki, Braziliyada juda ko‘p davlat delegatsiyalari O‘zbekiston erishgan yutuqlarga hayrat va havas bilan qaramoqdalar. Bu yutuqlar zamirida xalqimizning qo‘llab-quvvatlashi va duosi, Davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularga bo‘lgan ishonch hamda sportchilarimiz va ularni tarbiyalagan murabbiylarining tinimsiz mehnati yotibdi.
Shu o‘rinda Respublikamizning birinchi Prezidenti, muhtaram Islom Abdug‘anievich Karimovning mashhur iboralarini eslamay o‘ta olmaymiz. “Hech bir narsa mamlakatni sport kabi tezda dunyoga mashhur qila olmaydi”. Ana shu so‘zlar Braziliyada yana bir bor o‘z isbotini topdi. Avval olimpiyachilarimiz, keyinroq paralimpiyachilarimiz diyorimizni butun dunyoga mashhur qilishdi, uni barcha barchaga tanitishdi.

Endi dunyoning mana man degan polvonlari o‘zbek o‘g‘lonlari bilan hisoblashishga majburlar, eng kuchli terma jamoalar O‘zbekiston terma jamoasini o‘zlariga har jihatdan munosib raqib deb hisoblashadi. Bizdan hayiqishgandi, bizga qarshi alohida tayyorgarlik ko‘rishadi. Axir bu butun bir millatimizning ulkan yutug‘i emasmi? O‘zbekiston va uning ana shunday Vatanni sevguchi farzandlari bor ekan, mamlakatimizda sportga davlatimiz tomonidan ana shunday yuksak e’tibor va g‘amho‘rlik ko‘rsatilar ekan Mustaqil diyorimiz bayrog‘i doimo sarbaland ko‘tarilaveradi.

XV Paralimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafiga medallar olib kelgan barcha sportchilar ro‘yxati:

Oltin medallar:
1. Sherzod Namozov - dzyudo (60 kg);
2. O‘tkirjon Nigmatov - dzyudo (66 kg);
3. Husniddin Norbekov - disk uloqtirish;
4. Odil Tulindebaev - dzyudo (100+ kg.);
5. Fotimaxon Amilova - brass usulida suzish (100 m.);
6. Firdavsbek Musabekov - brass usulida suzish (100 m.);
7. Aleksandr Svechnikov - nayza uloqtirish;
8. Nozimaxon Qayumova - nayza uloqtirish.

Kumush medallar:
1. Kirill Pankov - batterflyay usulida suzish (100 m.);
2. Muslima Odilova - batterflyay usulida suzish (100 m.);
3. Xaytjon Alimova - dzyudo (70+ kg.);
4. Fotimaxon Amilova - kompleks usulda suzish (200 m.);
5. Sofiya Burxonova - yadro uloqtirish;
6. Muslima Odilova - erkin usulda suzish (50 m.).

Bronza medallar:
1. Sevinch Salaeva - dzyudo (62 kg);
2. Muzaffar Tursunxo‘jaev - batterflyay usulida suzish (100 m.);
3. Fotimaxon Amilova - batterflyay usulida suzish (100 m.);
4. Tursunposhsha Nurmatova - dzyudo (63 kg.);
5. Feruz Sayidov - dzyudo (73 kg.);
6. Server Ibragimov - pistoletda 10 m.ga o‘q otish;
7. Shirin Sharipov - dzyudo (100 kg.);
8. Shuxrat Boboev - dzyudo (90 kg.);
9. Gulruh Rahimova - dzyudo (70 kg.);
10. Shohsanam Toshpo‘latova - kompleks usulda suzish (200 m.);
11. Doniyor Soliev - uzunlikka sakrash;
12. Ahror Bozorov - paurlifting (80 kg.);
13. Dmitriy Xorlin - erkin usulda suzish (400 m.);
14. O‘zbekiston jamoasi - 4x100 metrga yugurish bo‘yicha jamoaviy estafeta;
15. Husniddin Norbekov - yadro uloqtirish;
16. Muzaffar Tursunxo‘jaev - erkin usulda suzish (50 m.);
17. Shohsanam Toshpo‘latova - erkin usulda suzish (50 m.).

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar