Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.09.2016

“Sevinch” o‘tgan ikki uchrashuvda ham g‘alabasini nishonladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 59
“Sevinch” o‘tgan ikki uchrashuvda ham g‘alabasini nishonladi

“Sevinch” jamomiz 15 sentyabrSh kuni XXII O‘zbekiston chempionatining 12-turining qoldirilgan uchrashuvini G‘uzorning “Sho‘rtan Lady” jamoasi bilan va XV O‘zbekiston Kubogi chorak finali dastlabki uchrashuvini ham ushbu jamoaga qarshi o‘tkazdi.

15 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda jamoamiz o‘yinda ham, hisobda yaqqol ustunlikka erishdi. Uchrashuv 7:0 hisobida jamoamizning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvdagi gollarga Feruza Turdiboeva (2), Zebo Jo‘raeva, Zumrat Nazarova, Mahliyo Sarikova va Malika Burxanovalar mualliflik qilishdi.

Ushbu g‘alabadan keyin jamoamizning to‘pplagan ochkolari soni 36taga etdi va chempionat turnir jadvalida yaqqol peshqadamlik qilmoqda. Shunisi e’tiborligi shu paytgacha jamoamiz o‘tkazgan 12 uchrashuvda ham faqat g‘alabaga erishgan.

Jamoamiz 21 sentyabr kuni chempionatning navbatdagi 14-tur uchrashuvini ham o‘z maydonida o‘tkazadi. Bu uchrashuv muborakning “Mash’al W” jamoasi bilan bo‘ladi.

Shuningdek jamoamiz 17 sentyabr kuni XV O‘zbekiston Kubogi chorak finali dastlabki uchrashuvida ham maydonga tushdi. Bu uchrashuvda ham jamoamiz g‘alaba qozondi, futbolchilarimiz bu uchrashuvda “Sho‘rtan Lady” jamoasi darvozasiga javobsiz 4ta gol kiritishga erishdi. Uchrashuvda Zumrat Nazarova (2), Zebo Jo‘raeva va Feruza Turdiboevalar o‘z hisoblariga gollar yozdirib qo‘yishdi. Bu bilan futbolchi qizlarimiz bu yilgi kubok bahslarining yarim finali taqdirini o‘z foydalariga deyarli hal qilib qo‘yishdi.

Chorak finali javob uchrashuvi 19 sentyabr kuni G‘uzorda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 16:30da boshlanadi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar