Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.09.2016

Davis Cup. O‘zbekiston yana jahon ligasiga chiqa olmadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 32
Davis Cup. O‘zbekiston yana jahon ligasiga chiqa olmadi

O‘zbekiston va Shveytsariya o‘rtasidagi Devis kubogi bahsida hisob 2:2 ko‘rinishiga kelganidan keyin, terma jamoamiz sardor Pyotr LebedSh hal qiluvchi o‘yinga Jo‘rabek Karimovni qo‘yishga qaror qildi.
Karimov jamoamiz tarkibidagi eng yosh tennischi bo‘lib, u endigina 18 yoshni qarshi olgan. Jo‘rabek "katta dubulg‘a"larning o‘smirlar o‘rtasida musobaqalarida ishtirok etgan bo‘lsa-da, kattalar o‘rtasidagi turnirlar tajribasiga ega emas edi. Jamoamiz murabbiyi 3 nafar tennischi o‘rtasida nima uchun aynan Karimovni tanlagani bizga qorong‘u. Balki uning hozirgi sport formasi qolganlarga nisbatan yaxshiroq bo‘lsa kerak.
Birinchi setda hamyurtimiz o‘zidan 2 yosh katta bo‘lgan Antuan Belerga deyarli qarshilik ko‘rsata olmadi. Jo‘rabek chapaqay raqibining o‘yiniga moslasha olmadi, desak to‘g‘ri bo‘ladi — 2:6.
Ikkinchi set debyutida shveytsariyalik sportchi breyk ochkoni qo‘lga kiritdi. Karimov bo‘lim so‘ngiga yaqin raqibining geymini ochkoni qo‘lga kiritdiyu, ammo darhol o‘z geymini boy berdi — 4:6.

Uchinchi setda Beler ketma-ket ikkita breykni amalga oshirib, 3:0 hisobida oldinga chiqib oldi. Ammo hamyurtimiz bo‘lim oxiriga qadar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Tay-brekda Antuan ikkita match-bolga ega bo‘ldi. Biroq o‘zbek tennischisi 4:6ni 8:6ga aylantirdi hamda bahsni to‘rtinchi setga ko‘chirdi.
To‘rtinchi set boshida Jo‘rabek Karimov breyk ochkoni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo keyinchalik raqibga 2 marta o‘z geymini boy berib qo‘ydi. Jo‘rabek setda hisobni tenglashtirishga ega bo‘lganda, ammo ikkita breyk-pointdan foydalana olmadi. Natijada Antuan Beler setni 6:3 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.
O‘zbekiston terma jamoasi qizg‘in kechgan to‘qnashuvda Shveytsariyaga yutqazdi va sakkizinchi marta jahon ligasi chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.
Davis Cup. Jahon ligasiga chiqish uchun pley-off
O‘ZBEKISTON - ShVEYTsARIYa - 2:3
Denis Istomin - Antuan Beler - 3:0 (6:3, 6:2, 6:4)
Sanjar Fayziev - Xenri Laaksonen - 0:3 (2:6, 2:6, 2:6)
Denis Istomin / Farrux Do‘stov - Adrien Bossel/Xenri Laaksonen - 0:3 (4:6, 2:6, 6:7(6).
Denis Istomin - Xenri Laaksonen - 3:1 (6:7 (3), 7:6 (6), 7:6 (6), 7:5).
Jo‘rabek Karimov - Antuan Beler - 1:3 (2:6, 4:6, 7:6 (6), 6:3)

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar