Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.09.2016

Paralimpiada-2016 oltin bilan boshlanib, oltin bilan tugadi!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 60
Paralimpiada-2016 oltin bilan boshlanib, oltin bilan tugadi!

O‘zbekiston delegatsiyasi XV Paralimpiya o‘yinlarida ishtirokini yakunladi.

32 nafar sportchimiz jami 31 ta medal, shundan 8 ta oltin, 6 ta kumush, 17 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Bunday yuksak natija evaziga hozircha mamlakatimiz umumjamoa hisobida medallar sifati bo‘yicha 15-o‘rinni, medallar soni bo‘yicha 12-o‘rinni egallab turibdi.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda 1-o‘rin, Osiyoda 326 sportchi bilan qatnashgan Xitoydan keyin 2-o‘rin, MDHda 171 nafar sportchi bilan qatnashgan Ukrainadan keyin 2-o‘rin, musulmon davlatlari orasida esa 1-o‘rinni egallab turibdi!

Hamyurtlarimiz musobaqa davomida 6 ta jahon, 7 ta Paralimpiya o‘yinlari, 12 ta Osiyo rekordini o‘rnatishdi.

Dzyudo sport turi bo‘yicha umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladik (3 ta oltin, 1 ta kumush, 6 ta bronza).

32 nafar sportchimizdan 24 nafari turli darajadagi medallarga ega chiqishdi.

Xuddi Yozgi olimpiada o‘yinlaridagi kabi, Paralimpiya o‘yinlari ham oltin medal bilan yakunlandi. O‘shanda Fazliddin G‘oibzarovning ehtirosli g‘alabasi kayfiyatimizni tilla qilgan bo‘lsa, kecha engil atletikachi qizimiz Nozimaxon Qayumova bizni xuddi shunday mamnun etdi.

Nayza uloqtirish musobaqasida Nozimaxon nafaqat oltin medal oldi, balki jahon rekordini ham o‘rnatdi. Yodingizda bo‘lsa erkaklar o‘rtasidagi nayza uloqtirish bahslarida ham hamyurtimiz Aleksandr Svechnikov paralimpiya o‘yinlarining rekordini qayd etib, vatanimiz g‘aznasiga 7-oltin medalni keltirgan edi. Ramziy ma’noda engil atletikachilarimiz 7 va 8-oltin medalni nayzaday qadab qo‘yishdi!

E’tiborli jihati, Paralimpiya o‘yinlaridagi ilk medalimiz ham oltin bo‘lgandi. Dzyudochimiz Sherzod Namozov oltin bilan "pochin" qilib bergandi o‘shanda.

Yurtimiz sharafiga medallar olib kelgan barcha sportchilar ro‘yxati:

Oltin medallar:
1. Sherzod Namozov - dzyudo (60 kg);
2. O‘tkirjon Nigmatov - dzyudo (66 kg);
3. Husniddin Norbekov - disk uloqtirish;
4. Odil Tulindebaev - dzyudo (100+ kg.);
5. Fotimaxon Amilova - brass usulida suzish (100 m.);
6. Firdavsbek Musabekov - brass usulida suzish (100 m.);
7. Aleksandr Svechnikov - nayza uloqtirish;
8. Nozimaxon Qayumova - nayza uloqtirish.

Kumush medallar:
1. Kirill Pankov - batterflyay usulida suzish (100 m.);
2. Muslima Odilova - batterflyay usulida suzish (100 m.);
3. Xaytjon Alimova - dzyudo (70+ kg.);
4. Fotimaxon Amilova - kompleks usulda suzish (200 m.);
5. Sofiya Burxonova - yadro uloqtirish;
6. Muslima Odilova - erkin usulda suzish (50 m.).

Bronza medallar:
1. Sevinch Salaeva - dzyudo (62 kg);
2. Muzaffar Tursunxo‘jaev - batterflyay usulida suzish (100 m.);
3. Fotimaxon Amilova - batterflyay usulida suzish (100 m.);
4. Tursunposhsha Nurmatova - dzyudo (63 kg.);
5. Feruz Sayidov - dzyudo (73 kg.);
6. Server Ibragimov - pistoletda 10 m.ga o‘q otish;
7. Shirin Sharipov - dzyudo (100 kg.);
8. Shuxrat Boboev - dzyudo (90 kg.);
9. Gulruh Rahimova - dzyudo (70 kg.);
10. Shohsanam Toshpo‘latova - kompleks usulda suzish (200 m.);
11. Doniyor Soliev - uzunlikka sakrash;
12. Ahror Bozorov - paurlifting (80 kg.);
13. Dmitriy Xorlin - erkin usulda suzish (400 m.);
14. O‘zbekiston jamoasi - 4x100 metrga yugurish bo‘yicha jamoaviy estafeta;
15. Husniddin Norbekov - yadro uloqtirish;
16. Muzaffar Tursunxo‘jaev - erkin usulda suzish (50 m.);
17. Shohsanam Toshpo‘latova - erkin usulda suzish (50 m.).

Xushnudbek Xudayberdiev tayyorladi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar