Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.09.2016

Davis cup. O‘zbekiston - Shveytsariya. Supero‘yinda Istomin g‘alaba qozondi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 50
Davis cup. O‘zbekiston - Shveytsariya. Supero‘yinda Istomin g‘alaba qozondi

O‘zbekiston va Shveytsariya terma jamoalari o‘rtasidagi Devis kubogining jahon ligasiga o‘tish bahsida hisob tenglashdi — 2:2.

Bugungi dastlabki o‘yin O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin va raqibning birinchi raqamli tennischisi Xenri Laaksonenga o‘rtasida kechdi. Mazkur uchrashuv juda qiziqarli kechdi va tennischilar 4 soat davomida kortda ter to‘kishdi.
Birinchi setdan boshlab tennischilar tengma-teng o‘yin namoyish qila boshlashdi va bo‘lim taqdiri tay-brekda hal bo‘ldi. "Lotereya" boshida hamyurtimiz Laaksonenga 2ta mini breyk qilish imkonini berib qo‘ydi. Natijada shveytsariyalik tennischi tay-brekni 7:3 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.
Ikkinchi set ham deyarli shunday davom etdi. Tomonlar bo‘lim davomida bir martadan breykni amalga oshirishdi. Ayniqsa, set so‘ngida vatandoshimiz to‘pni set uchun o‘yinga kiritgan geymda yutqazib qo‘ygani biroz alamli bo‘ldi. Oxir-oqibat set tay-brekda hal bo‘ldi. Bu safar Istomin ishonchliroq o‘ynadi va setlar bo‘yicha hisobni tenglashtirdi - 8:6.

Uchinchi set eng hayajonli bo‘limga aylandi. Set boshida Laaksonen ketma-ket 2ta breykni amalga oshirib, 3:0 hisobida oldinga o‘tib oldi. Ko‘p o‘tmasdan Denis bitta breykni qaytarib oldi. Istomin set so‘ngida raqibning ikkitalik setbolini yo‘qqa chiqarib, yana bir breykni rasmiylashtirdi. Tay-brek esa o‘zbekistonlik ishqibozlarni yanada hayajonlantirdi. Yurtdoshimiz 4:2 hisobida oldinda borayotib, 4ta ochkoni raqibiga berib qo‘ydi — 4:6. Istomin shunday murakkab vaziyatda o‘zini qo‘lga oldi va o‘zi ketma-ket 4 ochkoni qo‘lga kiritdi — 8:6. O‘zbekistonlik tennischi setlar bo‘yicha hisobda oldinga chiqib oldi — 2:1.

Uchinchi set ham tengma-teng kechdi va sportchilar o‘z geymlarini qo‘lga kiritib borishdi. Hisob 5:5 bo‘lib turgan vaziyatda Denis raqibining to‘p oshirida ochkoni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 12-geymda esa to‘pni Istomin o‘yinga kiritdi va setni o‘z foydasiga hal qildi — 7:5. Bu orqali match ham O‘zbekiston foydasiga yozildi — 6:7, 7:6, 7:6, 7:5.

O‘zbekiston va Shveytsariya terma jamoalari o‘rtasidagi hisob tenglashdi. To‘qnashuv taqdirini Jo‘rabek Karimov (ATR reytingida 769-o‘rin) va Antuan Beler (507) o‘rtasidagi bahs hal qiladi. O‘yin birozdan keyin start oladi. G‘olib chiqqan jamoa kelasi mavsumda jahon ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Devis kubogi, Jahon ligasiga chiqish uchun pley-off
Denis Istomin - Xenri Laaksonen - 3:1 - 6:7 (3), 7:6 (6), 7:6 (6), 7:5.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar