Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.09.2016

Ravshan Bozorov: "Xunuk ahvolda bahsni boy berdik"

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 29
Ravshan Bozorov: "Xunuk ahvolda bahsni boy berdik"

“Obod” - “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlangach o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida “Navbahor” bosh menedjeri Ravshan Bozorov OAV vakillarining savollariga javob qaytardi:

- O‘yinni umumiy oladigan bo‘lsak, xunuk ahvolda bahsni boy berdik. Natija ham o‘yinga yarasha bo‘ldi. Nima sababdan bunday bo‘lganligini hozir bilmayman. Xato va kamchiliklarimini o‘rganib chiqib, o‘yinni tahlil qilib chiqamiz. Raqibni engil tarzda harakat qilishiga nima sababdan imkon berilganini tushunmadim. Balki, yigitlar o‘zlarini tayyorlay olishmagandir yoki qizishib ketishdimikin, ochig‘i hozir bu haqda biror-bir jo‘yali fikr bildirish mushkul. Bugun barcha himoyachilarimiz juda yomon o‘yin ko‘rsatishdi. Oliy ligada to‘p suradigan nafaqat himoyachi balki har qanday futbolchi to‘pni osonlik bilan o‘ziga bo‘ysundirib, jamoadoshiga aniq etkazib bera olishi shart. Dilshod Jabborov charchab qolgani yo‘q. Ushbu futbolchimiz so‘nggi o‘yinlarda jarohat bilan o‘ynamoqda. Shu sababli unga maydonda to‘p surish oson bo‘lmayapti. Ikkinchi davrani dastlabki turida “Lokomotiv”ga yirik hisobda imkoniyatni boy bergan bo‘lsakda, bugungidan ko‘ra yaxshiroq o‘yin ko‘rsatgandik. Bugun eng yomon o‘yinimizni o‘tkazdik. Bir so‘z bilan aytganda ayni paytda savollarga aniq javob qaytarishda ham qiynalmoqdaman. Tajriba borasida raqibdan kam emasdik. Jamoaviy o‘yin va ayrim futbolchilarning individual harakatlari tufayli yutqazdik deb o‘ylayman.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar