Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.09.2016

«Qo‘qon-1912» qiyin o‘yinda muhim g‘alaba qozondi (to‘liq sharh)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 63
«Qo‘qon-1912» qiyin o‘yinda muhim g‘alaba qozondi (to‘liq sharh)

"Qo‘qon-1912" klubi o‘z maydonida "Metallurg"ni qabul qilib, qiyin o‘yinda muhim g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvni futbolchilarimiz faol tarzda boshlashdi. 12-daqiqada vakillarimiz hisobni ochish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lishdi. Doston Tursunovning jarima maydonchasi yaqinidan tepgan to‘pni sal noaniq ko‘rinish oldi.

19-daqiqada maydon egalari raqib darvozasini ishg‘ol etish uchun juda qulay imkoniyatga ega bo‘lishdi. Mehmonlar posboni bilan birga-bir vaziyatga kirib borgan Otabek Haydarov to‘pni “Metallurg” darvozabonining ustidan tashlab qo‘ymoqchi bo‘ldi. Zarbaga biroz aniqlik etishmadi.

37-daqiqada Aziz Ashurovning mahorati jamoamizni muqarrar goldan saqlab qoldi.

40-daqiqada hisob ochildi. Chap qanotdan boshlangan hujumni Suhrob Berdiev gol bilan yakunladi.

Qolgan daqiqalarda tomonlarda yana gol urish imkoniyati yuzaga kelganiga qaramay, tanaffusga jamoalar shu hisobda chiqib ketishdi.

Ikkinchi taymni o‘zgacha ruhda boshlagan vakillarimiz ketma-ket hujumlar tashkil etishdi. Mana shunday hujumlarning biri 53-daqiqada samara keltirdi. Qanotdan oshirilgan to‘p Nosir Otaqo‘zievning boshiga tegib mehmonlar darvozasidan joy oldi – 2:0.

61-daqiqada mehmonlar o‘z jarima maydonchalari ichida Otabek Haydarovga qarshi qo‘pollik ishlatishdi. Vaziyatga yaqin turgan bosh hakam “Metallurg” darvozasi tomon penalti belgiladi. To‘p oldiga yaqinlashgan Nosir Otaqo‘zievning zarbasi esa noaniq bo‘ldi.

74-daqiqada mehmonlar jarima to‘pi tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Dilmurod Karimovning zarbasidan keyin o‘yinda hisob qisqardi – 2:1.

Qolgan daqiqalarda raqib darvozasiga bosim uyushtirgan mezbonlar muhim va qiyin g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Barchaga g‘alaba muborak bo‘lsin!

17.09.2016. Oliy liga. 22-tur

“Qo‘qon-1912” – “Metallurg” 2:1 (1:0)

Hakamlar: R. Ermatov, A. Rasulov, J. Saidov, A. Rahimov.

Gollar: Suhrob Berdiev 40, Nosir Otaqo‘ziev 58. – Dilmurod Karimov – 74.

Amalga oshirilmagan penalti: Nosir Otaqo‘ziev 61 (noaniq)

“Qo‘qon-1912”: 12. Aziz Ashurov, 7. Otabek Zokirov (22. Orif Mamajonov-85), 9. Nosir Otaqo‘ziev, 10. Otabek Haydarov (26. Oybek Rustamov-70), 20. Doston Tursunov, 55. Darko Gojkovich, 70. Sobir Hamidov, 75. Ibrohim Rahimov (4. Mirjalol Qurbonov-88), 83. Nikola Valentich, 90. Suhrob Berdiev, 99. Javohir Siddiqov.

Zaxira: 13. Nikita Ribkin, 15. Ma’ruf Zokirjonov, 17. Aziz To‘xtaboev, 28. Abdullox Olimov.

“Metallurg”: 32. Suhrob Sultonov, 4. Hikmat Hoshimov, 6. Dilmurod Karimov, 7. Doniyor Odilov (11. Farrux Shotursunov-56), 8. Ayubxon No‘’monov, 13. Javohir Esonqulov, 15. Zohid Abdullaev, 22. Murod Toshmatov, 23. Sherzod Jalilov, 40. Islom Qobilov, 77. Said Abdujabborov.

Zaxira: 91. Zafar Safoev, 5. Jasur Ahmedov, 9. Farhod Namozov, 19. Ergash Ismoilov, 20. Ulug‘bek Xudoyberdiev, 70. Jahongir Abdumo‘minov.

Nazoratchi: D. Roman.

O‘zPFL vakili: B. Haydarov.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar