Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.09.2016

Osiyo chempionati U16. Xatolarga boy o‘yinda O‘zbekiston Tailandni mag‘lub etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 106
Osiyo chempionati U16. Xatolarga boy o‘yinda O‘zbekiston Tailandni mag‘lub etdi

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatidagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi. Futbolchilarimiz xatolarga boy, murakkab o‘yinda Tailandni mag‘lub etishdi.

O‘yinning ikkinchi daqiqasidayoq gol o‘tkazib yubordik. Himoyachimiz kutilmaganda maydon markazida yiqilib tushdi. Natijada Jinnavat darvozabon bilan yuzma-yuz chiqib, sovuqqonlik bilan darvozani ishg‘ol etdi.

24 daqiqada raqib himoyachisi jarima maydoni ichida qo‘li bilan o‘ynadi. Abubakr Mo‘ydinov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi – 1-1.

Bo‘lim oxirida yana bir bor penaltidan gol urdik. Bu safar Rasul Yo‘ldoshev uni aniq amalga oshirdi – 2-1.

Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqalarida darvozabonimiz Ne’matov raqib hujumchisini chalib yiqitgan edi. Ammo u o‘z xatosini to‘g‘irlab, Songvutning penaltidan yo‘llagan zarbasini qaytardi!

58-daqiqada chap qanotda belgilangan jarima zarbasidan Abdullaev to‘pni jarima maydoniga yo‘llanganida, Vudchitay uni boshi bilan o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi – 3-2.

Biroq, shu zahotiyoq Tailand hisobni qisqartirdi. Himoyachilarimizning xatosidan foydalangan Arnon yaqin masofadan darvozamizni aniq nishonga oldi 3-2.

82-daqiqada o‘ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirgan Mardon Abdullaev o‘tkir burchak ostidan gol urdi – 4-2.

88-daqiqada futbolchilarimiz chiroyli kombinatsiya uyushtirishdi. O‘ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirgan O‘runov to‘pni Yo‘ldoshevga etkazdi. U esa yaqin masofdan bo‘sh qolgan darvozani aniq nishonga oldi – 5-2.

O‘yin yakunida himoyadagi xatodan so‘ng Arnon hisobni qisqartira oldi.

Osiyo chempionati U16.

O‘zbekiston – Tailand 5:3 (2:1)

Gollar: A.Mo‘ydinov (24 pen), R.Yo‘ldoshev (45+2 pen, 88), Vudchitay (58 avtogol), M.Abdullaev (82) – Jinnavat (2), Arnon (60,90)

Amalga oshirilmagan penalti: Songvut (52, darvozabon)

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar