Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.09.2016

Izohga xojat yo‘q yoki "Navbahor"ning yirik mag‘lubiyati

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 54
Izohga xojat yo‘q yoki "Navbahor"ning yirik mag‘lubiyati

Navbatdagi turda “Navbahor” Toshkentda “Obod” jamoasi mehmoni bo‘ldi. Ushbu uchrashuv natijasi jamoasiz uchun muhim ahamiyatga ega edi. Ya’ni g‘alaba qozonish orqali musobaqa jadvalining quyi qismida borayotgan jamoalar bilan ochkolar farqini oshirib olish imkoni yuzaga kelardi.

O‘z navbatida “Obod” jamoasida ham ushbu o‘yin orqali musobaqa jadvalining quyi qismidan chiqib olish imkoni vujudga kelardi. Aynan shu jihatlar uchrashuvni keskin ruhda o‘tishidan darak berardi. Lekin, birinchi bo‘lim taxminlarni oqlamadi.

Uchrashuvni “Obod” futbolchilari ancha faol tarzda boshlashdi. Mezbon jamoa a’zolari katta ishtiyoq bilan to‘p surishgan bo‘lsa futbolchilarimizda bunday ishtiyoq ko‘zga tashlanmagandek taassurot qoldirdi. Maydon egalari 3-daqiqadayoq hisobni ochishga erishishdi. Chap qanotdan boshlangan hujum jarima maydonchasining qarama-qarshi tarafiga ko‘chgach, Timur Hakimov vaziyatdan unumli foydalandi – 1:0. Tezkor gol futbolchilarimizni rejalarini o‘zgartirib yubordi. Shu sababli ma’lum vaqt davomida “Obod” darvozasiga xavf solishni imkoni bo‘lmadi. Vaqt o‘tishi bilan vaziyatni o‘nglash imkoni bo‘ladigandek tassurot uyg‘ongandi. Ammo, vaziyatlardan foydalanishda aniqlikni etishmaganligi vakillarimizga pand berdi.

Tanaffusga qadar Akram Bahriddinov ikki marta, Dilshod Jabborov, Abdumalik Abdullaev va Alisher Mahmudovlar bir martadan gol urishlari mumkin edi. Bahriddinovning dastlabki zarbasidan keyin to‘pni Hamroev qaytargan bo‘lsa ikkinchi zarbaga aniqlik etishmadi. Jabborov esa 14 metrlardan darvozani nishonga ola bilmadi. Abdullaevning tepgan to‘pi esa himoyachiga tegib maydonni tark etdi. Mahmudovning zarbasidan keyin to‘p ustunga tegib qaytdi. Maydon egalaridan bo‘lim oxirlarida Hakimov va Hasanovlar imkoniyatlardan foydalana bilishmadi.

Tanaffusdan keyin futbolchilarimiz faollikni oshirishgandek tuyulgandi. Lekin, vaqt o‘tib bu yanglish tushuncha ekanligi ayon bo‘ldi. Negaki futbolchilarimiz to‘pni nazorat qilib, hujumga o‘tishga urinishgan bo‘lsada, raqib darvozasi oldida aytishga arzigulik xavfli vaziyatlarni yarata olishmadi. 66-daqiqada esa “Obod” ikkinchi golni urishga erishdi. Parvanov darvozasiga belgilangan penaltini Shohruz Norxonov aniq amalga oshirdi. Toshkentliklarda qolgan vaqt davomida ham gol urish uchun bir nechta imkoniyatlar yuzaga kelgan bo‘lsada, “Obod” futbolchilari o‘yin oxirlarida hisobni yirik ko‘rinishga keltirishdi. 86-daqiqada Hasanovning tepgan to‘pini Parvanov qaytargan bo‘lsada Norxonovning takroriy zarbasi oldida ojiz qoldi. Shu tariqa, jamoamiz autsayder maydonidan yirik hisobdagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Xullas, izohga xojat yo‘q.

“Obod” – “Navbahor” – 3:0 (1:0). 16 sentyabrSh. Toshkent. “Jar” o‘yingohi.
Hakamlar: Z. Qodirov, D. Saylolov, A. Usmanov, A. Najafaliev.
Nazoratchi – Sh. Jumaev.
PFL vakili – F. Magametov.
“Obod”: 12. Dilshod Hamroev, 2. Abror Xusinov (77. Alisher Shog‘ulomov, 66), 5. G‘ayrat Umirov, 8. Doniyor Hasanov, 11. Shohruz Norxonov, 20. Alisher Mirzaev, 55. Sardor Qahhorov, 60. Anvar G‘ofurov, 66. Farhod Mirahmatov, 70. Timur Hakimov (80. Sanjar Rihsiboev, 64), 88. Sardor Sobirxo‘jaev (4. Xurshid G‘iyosov, 58).
“Navbahor”: 34. Artur Parvanov, 7. Akram Bahriddinov, 9. Dilshod Jabborov, 10. Alisher Mahmudov (16. Shohjahon Abbosov, 59), 19. Vladislav Aleksin (20. G‘ayrat Jo‘raev, 73), 21. A’zam Aliev, 26. Qahramon Mahammadjonov, 27. Murod To‘ychiboev, 28. Islombek Isoqjonov, 33. Tohir Shamsitdinov, 63. Dordji Sangadjiev (50. Abdumalik Abdullaev, 29).
Gollar: T. Hakimov (3), Sh. Norxonov (66-pen.,86).
Ogohlantirishlar: A. Mirzaev (15) - Q. Mahammadjonov (29), A. Abdullaev (57), D. Jabborov (66).

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar