Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.09.2016

Davis Cup. O‘zbekiston - Shveytsariya. Juftlikda yutqazdik

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 38
Davis Cup. O‘zbekiston - Shveytsariya. Juftlikda yutqazdik

Toshkentda o‘tayotgan O‘zbekiston va Shveytsariya terma jamoalari o‘rtasidagi tennis bo‘yicha Devis kubogining jahon ligasiga o‘tish bosqichi doirasida juftliklar bahsi o‘tkazildi.
Denis Istomin va Farrux Do‘stovdan iborat juftlik Adrien Bossel/Xenri Laaksonen juftligiga qarshi kortga chiqdi. Dastlabki geymda to‘pni mehmonlar o‘yinga kiritishdi va hamyurtlarimiz breyk-pointga ega bo‘lishdi, ammo o‘zbekistonliklar bu imkoniyatdan foydalana olishmadi. Set davomida shveytsariyaliklar bir marta breyk ochkoni qo‘lga kiritishdi. Bu ularga setda g‘alaba qozonish uchun etarli bo‘ldi.

Ikkinchi setni vatandoshlarimiz yanada bo‘sh o‘tkazishdi va evropaliklar bu bo‘limda 6:2 hisobida ustun kelishdi.
Uchinchi setda Istomin va Do‘stov bahsni qutqarib qolishga harakat qilishdi. Bo‘lim tay-brekkacha davom etdi. Afsuski, "lotereya"da omad Shveytsariya terma jamoasi foydasiga hal bo‘ldi — 7:2. Yakuniy hisob — 4:6, 2:6, 6:7.

Shu tariqa, ikkinchi kundan keyin Shveytsariya 2:1 hisobida oldinga chiqib oldi. Ertaga yakkalik tartibda Denis Istomin - Xenri Laaksonen va Sanjar Fayziev - Antoine Bele o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Devis kubogi. Jahon ligasiga o‘tish bosqichi
Denis Istomin / Farrux Do‘stov (O‘zbekiston) - Adrien Bossel/Xenri Laaksonen (Shveytsariya) - 0:3 (4:6, 2:6, 6:7)

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar