Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.09.2016

Filipp Lam «Bavariya»dan o‘zgarishlarni talab qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 49
Filipp Lam «Bavariya»dan o‘zgarishlarni talab qildi

«Bavariya» jamoasi sardori Filipp Lamga ko‘ra, kelgusi yillarda jamoa rahbariyati oldida katta vazifalar turibdi. Xabi Alonso (34 yoshda, shartnomasi 2017 yilgacha), Arien Robben (32 yoshda, shartnomasi 2017 yilgacha), Frank Riberi (33 yoshda, shartnomasi 2017 yilgacha) va Lamning o‘zi ham (32 yoshda, shartnomasi 2018 yilgacha) myunxenliklar tarkibidagi asosiy va shu bilan bir qatorda yoshi katta futbolchilardan sanalishadi. Germaniyaning rekordchi jamoasi esa yaqin kelajakda ushbu futbolchilarga munosib o‘rinbosarlar topishi kerak bo‘ladi.

«Xuddi shunday, bu bor gap: jamoani avlodlar almashinuvi kutmoqda. Nomi tilga olingan futbolchilar bilan jamoa o‘tgan yillarda katta yutuqlarga erishdi, biz «Bavariya»ning yuziga aylandik», deydi Lam «Sport Bild» nashriga bergan intervShyusida. «Bastian Shvaynshtayger ketib bo‘ldi, Arien, Frank, Xabi va men yosharib qolmaymiz.»

Lamga ko‘ra, jamoaning hozirdanoq bu borada bosh qotirishi juda muhimdir: «Agar bu o‘yinchilar to‘satdan futbol o‘ynashni tugatib, ketadigan bo‘lishsa, nima bo‘ladi? Bunga echim topish katta vazifa hisoblanadi.»

Filipp Lamning o‘zi joriy shartnomasi tugashi bilan futbolchilik faoliyatiga yakun yasamoqchi ekanligini ma’lum qilgandi. 32 yoshli bu futbolchi ayni vaqtda Myunxenda Mattias Zammer ishdan ketganidan beri bo‘sh qolayotgan sport ishlari bo‘yicha direktorlik lavozimiga munosib ko‘rilmoqda. Bu borada Lam shunday deydi: «Aytishim mumkinki, jamoa mening yuragimdan joy olgan. Men «Bavariya»da qolishni bajonidil istayman va klub rahbariyati bilan munosabatlarim ham a’lo darajada.» Demak, Lamning yaqin kelajakda ushbu rahbariyatga yaqin joyda faoliyat yuritishiga shubha yo‘q.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar