Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.09.2016

«Volfsburg» Son bilan shartnoma imzolash niyatidan voz kechmaydi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 38
«Volfsburg» Son bilan shartnoma imzolash niyatidan voz kechmaydi

Jamoa menejeri Klaus Allofsning yozgi transferlar davrini yakunlash bo‘yicha rejalari umuman boshqacha edi: u Janubiy Korea terma jamoasi a’zosi bo‘lgan Hyon-Min Sonni (24 yoshda) sotib olmoqchi edi.

Biroq, mashinasozlar jamoasi «Tottenhem» klubi bilan transfer masalalarida kelishuvga erisha olishmadi.

Lekin bu degani «Volfsburg»ning mazkur hujumchi bo‘yicha umidlari so‘ndi, degani emas. Aksincha: klub yanvarSh oyida Son uchun yangi muzokaralarni boshlash niyatida. «U biz uchun qiziqarli o‘yinchi bo‘lib qoladi», deydi Allofs. Faqat transfer narxining arzonlashishi masalasi noma’lum. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, «Volfsburg» Son uchun 32 million evro taklif qilgan.

Biroq, bu summa Londonning an’anaviy klubiga kamlik qilgan va «Tottenhem» Son uchun 40 million evro talab qilgan. Avval Leverkuzenning «Bayer» klubida to‘p surgan Son 2015 yil yozda 30 million evro evaziga Londonga ketgan edi. Lekin hujumchi APLda katta muvaffaqiyatga erisha olmadi. O‘tgan bir yil ichida 40 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, u sakkizta gol va beshta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Son uchun Bundesliga ma’qulroqqa o‘xshaydi: «Hamburg» va «Bayer» safida o‘tkazgan jami 165 rasmiy o‘yinda u 49 gol kiritdi va 14 golga assistentlik qildi. Bu futbolchining Germaniyaga qaytish borasida aniq o‘ylab yurganiga shubha qilmasa ham bo‘ladi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar