Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.09.2016

Olimpiada qahramoni «Borussiya D» va «Liverpul»ga rad javobini berdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 39
Olimpiada qahramoni «Borussiya D» va «Liverpul»ga rad javobini berdi

Braziliyada o‘tgan yozgi Olimpiada o‘yinlarida futbol bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritganiga bir necha soat o‘tganidan keyin himoyachi Niklas Zyule terma jamoa murabbiyi Horst Hrubesh bilan alohida suhbatlashdi. Uchrashuv davomida murabbiy unga shunday maslahat berdi: «Agar sen yana biroz samaraliroq o‘ynasang, o‘z yo‘lingni topasan.» Finlandiya terma jamoasiga qarshi o‘tgan sinov o‘yinida (2:0) Niklas Zyule Germaniyaning Yoaxim Lyov rahbarligidagi asosiy terma jamoasi tarkibida o‘z debyutini nishonladi.

Yosh yulduzdagi bunday rivojlanish kutilmaganda yuz bergani yo‘q. Yozgi tanaffus vaqtida bir nechta top-klublar 21 yoshli markaziy himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilishdi: «Borussiya D», «Bayer», «Roma», «Napoli», «Liverpul», «Milan», «Chelsi». Biroq Zyule barcha takliflarga rad javobini berdi va «Hoffenhaym»da qolishga qaror qildi. Chunki u o‘z vaziyatiga oqilona baho bera oladi. «Menga hali o‘zim ko‘nikkan muhit kerak va hali o‘z darajamda barqaror to‘p surishim zarur», deydi u «Sport Bild» nashriga bergan intervShyusida.

«Hoffenhaym»da aynan unga kerakli odam bor: Yulian Nagelsmann. Jamoa bosh murabbiyi Zyuleni besh yildan beri taniydi. Yoshlar jamoasida ularning o‘rtasida bir necha marta kelishmovchiliklar bo‘lgan. «Niklas juda erkin harakat qilardi. U o‘z rolini har doim hujumkor deb bilardi va onda-sonda tanbeh eshitib turardi. Bu esa unga zarar qilmadi, ko‘rib turibmizki, u juda yaxshi rivojlandi», deydi Nagelsmann. Buni Zyule ham tasdiqlaydi: «Men endi yoshlar jamoasidagi kabi baland ovozda gapirmayman. Murabbiyning har bir gapiga qarshilik qilavermayman.»

Agar u rivojlanishda shunday davom etsa, top-klublarning unga nisbatan qiziqishi, 2019 yilgacha imzolangan shartnomaga qaramasdan, aslo kamaymaydi. Chunki Zyule zamonaviy markaziy himoyachiga nisbatan talablarning barchasiga javob beradi. Bo‘yi 1,94 metr, keng qomatli. Milliy terma jamoa tarkibidan joy olganligi ham ayni muddao. Kim biladi, bir yildan keyin u balki APLda to‘p suradigan navbatdagi nemis futbolchisiga aylanar.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar