Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.09.2016

FIFA rossiyalik futbolchilarning doping qabul qilishi borasida RFIdan tushuntirish talab qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 48
FIFA rossiyalik futbolchilarning doping qabul qilishi borasida RFIdan tushuntirish talab qildi

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ning Tibbiyot departamenti Rossiya futbol ittifoqi (RFI)dan Xalqaro antidoping agentligi (WADA) mustaqil komissiyasi rahbari Richard Maklaren hisobotida doping namunasi ijobiy deb ko‘rsatilgan rossiyalik futbolchilar haqida etmayotgan ma’lumotlarni taqdim qilishni so‘radi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

«Biz Maklarendan 11 nafar (rossiyalik) futbolchining doping namunasi ijobiy chiqqani haqida ma’lumot oldik. Surishtiruv ishlari davom etmoqda. Yaqinda ‘Rostov’ futbolchilari namunasida meldoniy borligi haqidagi mish-mishlarga aniqlik kiritish uchun Rossiyaga tashrif buyurdik va jamoa Moskvada o‘ynaganida doping nazorat o‘tkazdik. Bizning ishimiz ana shundan iborat», – deb FIFA Tibbiyot departamenti rahbari Jiri Dvorak so‘zlaridan iqtibos keltiradi «TASS».

«Men Maklarenning surishtiruvi haqida hech qanday izoh bera olmayman. Men hisobotda keltirilgan tibbiy xulosalarga javob beraman. Aytishim mumkinki, RFIdan barcha kerakli ma’lumotlarni so‘radik. Batafsil ma’lumotlarni Rossiya antidoping agentligi (RUSADA)dan olishingiz mumkin.

Ijobiy doping namunasi bilan tushgan futbolchilar haqida ma’lumot Maklaren hisobotida keltirilgan. Ikki futbolchi testosteron bilan tutilgan: biri marixuana bilan, boshqasi gormonlar bilan bog‘liq. Yana biri haqida aniq ma’lumot yo‘q. Qolgan ishlarga keladigan bo‘lsak, u erda qandaydir ma’lumotlar yo‘q va biz o‘sha ma’lumotlarning ham taqdim etilishini so‘radik», – deya aniqlik kiritdi Dvorak.

Avvalroq WADA mustaqil komissiyasi rahbari hisobotida Rossiya futbolida ijobiy doping namunalari yashirilgan 11 nafar rossiyalik futbolchining ma’lumotlari taqdim etilgani hamda bu ish yuzasidan surishtiruv boshlangani haqida xabar qilingandi.

Keyinroq Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko shubhali 11 ta doping namunadan 9 tasi salbiy chiqqani haqida aytib o‘tgandi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar