Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.09.2016

"Andijon" yoshlari "Nasaf"ga imkoniyatni boy berdi (to‘liq sharh)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 88
"Andijon" yoshlari "Nasaf"ga imkoniyatni boy berdi (to‘liq sharh)

Yoshlar ligasining 22-turida “Andijon” o‘z uyida “Nasaf”ni qabul qildi.

Qiziqarli kechgan bahsda qarshiliklarning qo‘li baland keldi. Aniqrog‘i Zafar Xolmurodov boshqaruvidagi “Nasaf” o‘rinbosalari tarkibida yoshlar va o‘smirlar terma jamoalariga nomzod bo‘lgan futbolchilarning borligi qaysidir ma’noda mehmonlarga qo‘l keldi deyish mumkin.

O‘yin borasida yosh “burgutlar” raqibidan sira qolishmadi. Lekin “ajdarlar” yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanib qolishdi.

Uchrashuvning 36-daqiqasida mehmon jamoa sardori Akbar Murodov o‘ng qanotdan to‘pni havolatib to‘g‘ri darvozaga yo‘lladi va to‘pni Barakatillo Isroilov kutilmaganda o‘tkazib yubordi – 0:1.

Tanaffusga qadar hisob o‘zgarmadi. Ikkinchi bo‘limni “Nasaf” o‘rinbosarlari tarkibda o‘zgarishlar bilan boshladi. Bu esa ularning o‘yinini yanada kuchaytirmasdan qolmadi. Ayniqsa Islom Rashidxonov bilan Saydullo Rahmatov kabi asosiy tarkib o‘yinchilarining maydonga tushishi “ajdardar”ni o‘yinini yanada jonlantirib yubordi.

63-daqiqaga kelib “Nasaf” futbolchilari penalti ishlashdi. Aslida o‘sha vaziyatda himoyachi Shoxruh Ergashev “podkat” bilan raqibidan to‘pni olib qo‘ygandek ko‘rindi. Biroq bosh hakam 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi. Dilshod Xushbakov penaltini aniq amalga oshirdi – 0:2.

Shundan keyin ham andijonlik yoshlarning ruhiyati tushib ketmadi. Aksincha ular astoydil oldinga o‘tishdi. Buning samarasi o‘laroq 89-daqiqaga kelib penalti ishlab olishdi. Mas’uliyatli vazifani Solohiddin Solohitdinov o‘z zimmasiga oldi va davoza tomon zarba berdi. To‘p esa ustunga tegib qaytdi. Unga birinchi bo‘lib etib kelgan Solohitdinovning ikkinchi urinishda darvozani aniq nishonga oldi. Aytkancha shu kuni o‘yinni ko‘rish uchun har ikkala jamoa murabbiylari stadionga tashrif buyurishdi. Uchrashuvda esa shu tariqa “Nasaf” yoshlari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ketma-ketma omadsizliklardan so‘ng “Andijon” o‘rinbosarlari turnir jadvalida 5-o‘rindan joy egallab turibdi.

16.09.2016 yil

Yoshlar ligasi 22-tur

“Andijon” (Andijon) – “Nasaf” (Qarshi) 1:2 (0:1).

Oltinko‘l. “Markaziy” stadioni.

Hakamlar: IgorSh Xudaydatov (Toshkent), Sanjar Yuldashev, Abror Jo‘raxonov, Shoxruh Akramov (Andijon).

Nazoratchi: IgorSh Nexochin.

Gollar: Solohiddin Solohitdinov (90) – Akbar Murodov (36), Dilshod Xushbakov (63, pen.)

“Andijon”: 12. Barakatillo Isroilov, 2. Artur Mamatkazin, 14. Abror Komilov, 17. Shoxruh Ergashev, 18. Shoyad Mullajonov, 21. Alisher Abduvohidov (84. Xondamir Yuldashev), 28. Jahongir Maqsudov, 32. Shoxjahon Hasanov (26. Farruh Mirzaev, 66), 44. Dilmurod Mahmudov (S), 70. Solohiddin Solohiddinov, 89. Vyacheslav Purak (10. Farhod Bekmurotov, 77).

“Nasaf”: 30. Umidjon Ergashev (13. Muzaffar Sharipov, 90), 4. Akmal Olimov (15. Navro‘zjon Izzatullaev, 87), 6. Sirojiddin Qo‘ziev, 7. Akbar Murodov (S), 14. Sharof Muhitdinov (35. Islom Rashidxonov, 46), 16. Dilshod Xushbakov, 19. Rahimbek Javliev, 20. Akmal Mozgovoy (28. Saydullo Rahmatov, 46 ), 34. Ilhom Alijonov (9. Alfayzi Ne’matov, 60), 32. Abdulaziz Nishonboev, 33. Odiljon Hamrobekov ( 38. Jahongir Qurbonboev, 73).

Ogohlantirish: Akmal Mozgovoy, 23. Ilhom Alijonov, 45. Shoxruh Ergashev, 62. Sirojiddin Qo‘ziev, 77. Abdulaziz Nishonboev (89)

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar