Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.09.2016

Namanganda bugun futbol!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 44
Namanganda bugun futbol!

Bugun soat 17.00da Toshkentdagi “Jar” o‘yingohida O‘zbekiston chempionatining 22-turidan o‘rin olgan “Obod” va “Navbahor” jamoalari uchrashuvi boshlanadi.

So‘nggi ikki turda atigi bir ochko jamg‘argan jamoamiz uchun poytaxtdagi o‘yin muhim ahamiyatga ega. Aynan shu sababli futbolchilarimiz “Obod”ga qarshi uchrashuvga munosib tarzda hozirlik ko‘rishdi. Kecha Toshkentga etib kelgan jamoamiz a’zolarining ayni paytdagi kayfiyatlari a’lo darajada. Bugungi uchrashuvda ikki nafar futbolchi maydonga tusha olmaydi. Yoshlar birinchiligining “Navbahor” va “Olmaliq” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda jarohatlangan hujumchi Vladislav Nurievni oyog‘i gips qilingan. Shu sababli, ushbu futbolchi ma’lum vaqtdan keyin maydonga qaytish imkoniga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, mashg‘ulotlardan birida Ruslan Vagapov ham oyog‘idan jarohat olganligi sababli uchrashuvda ishtirok etish yoki etmasligi aniq emas. Qolgan futbolchilarning barchasi sog‘-salomat.


Soat 17.00da boshlanadigan uchrashuvni borishi haqida “Navbahor” futbol klubining telegram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy kanalida kuzatish imkoniga ega bo‘lishlari mumkin. Telegramdagi kanalga o‘tish uchun quyidagi manzilga o‘ting - https://telegram.me/pfcnavbahor. Bundan tashqari tvitter tarmog‘ida ham o‘yinni borishi haqida matnli translyatsiya orqali kuzatib borish imkoni mavjud.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar