Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.09.2016

“Qo‘qon-1912” -“Metallurg” prevShyu

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 38
“Qo‘qon-1912” -“Metallurg” prevShyu

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, 17 sentyabrSh kuni Qo‘qondagi “Markaziy” o‘yingohda Oliy liga 22-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Metallurg” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘yinga doir statistik ma’lumotlar bilan tanishing.

O‘zaro o‘yinlar

“Qo‘qon-1912” hamda “Metallurg” klublari oliy ligada shu kungacha 13 bor kuch sinashishgan. “Metallurg” 5 ta o‘yinda g‘alaba qozongan. 6 ta uchrashuvda “Qo‘qon-1912”ning qo‘li baland kelgan. 2 ta o‘yinda durang qayd etilgan. To‘plar nisbatida ustunlik qo‘qonliklar tomonida: 22:20. “Qo‘qon-1912” o‘zaro o‘yinlarda 20 ochkoga ega bo‘lgan, “Metalurg” esa 17 ochkoni qo‘lga kiritgan.

Qo‘qonda o‘tgan barcha uchrashuvlar:

25.10.2015 «Qo‘qon-1912» – «Metallurg» 2:1

13.09.2003 «Qo‘qon-1912» – «Metallurg» 4:0

23.11.2002 «Qo‘qon-1912» – «Metallurg» 1:0

29.04.2000 «Qo‘qon-1912» – «Metallurg» 2:0

02.10.1999 «Qo‘qon-1912» – «Metallurg» 5:1

05.09.1998 «Qo‘qon-1912» – «Metallurg» 1:1

O‘zaro o‘yinlar haqida fakt: “Metallurg” o‘z tarixida hech qachon Qo‘qonda g‘alaba qozona olmagan. “Qo‘qon-1912” o‘z uyida 5 ta o‘yinda g‘olib bo‘lgan. Bir marta (1998 yil) vodiyda durang qayd etilgan.

Hakamlar

Shanba kuni Qo‘qondagi “Markaziy” o‘yingohda bo‘lib o‘tadigan “Qo‘qon-1912” – “Metallurg” uchrashuvini Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradigan bo‘lishdi.

Bungacha Ermatov jamoamiz ishtirokidagi ikkita o‘yinni boshqargandi. Jahonnining eng yaxshi referisi ishlagan uchrashuvlarda (“Sho‘rtan” va “Andijon”) jamoamiz g‘alaba qozongandi. Umid qilamizki, bu safar ham Ravshan Ermatov bizga omad keltiradi.

Oliy liga

22-tur

«Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – «Metallurg» (Bekobod)

Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J.Saidov (Toshkent), A. Rahimov (Andijon)

Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).

UzPFL vakili: B. Haydarov.

Boshlanish vaqtlari

Mazkur uchrashuv 17 sentyabrSh kuni soat 17:00da boshlanishi kuzda tutilgan. Bugun esa ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari maydonga tushishadi. O‘yin 16:00da boshlanadi. Barcha muxlislarimizni “Markaziy” o‘yingohga chorlab qolamiz.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar