Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.09.2016

“Obod” – “Navbahor”: PREVYu

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 40
“Obod” – “Navbahor”: PREVYu

Jamoamizning ushbu turdagi raqibi Toshkentning «Obod» klubi 2016 yilgi chempionatda ilk marotaba oliy ligada qatnashmoqda.

Shu sababli, raqiblarning o‘zaro o‘yinlari borasidagi statistikasi atigi bitta uchrashuvni tashkil etmoqda. Namanganda bo‘lib o‘tgan birinchi davra uchrashuvida futbolchilarimiz 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishgan. 30 aprel kuni “Markaziy” o‘yingohda o‘tgan uchrashuvda Akram Bahriddinov va Dilshod Jabborovlarning gollariga Pavel Solomin yagona gol bilan javob qaytargandi. Bundan tashqari raqiblar mavsumlar oralig‘ida ham o‘rtoqlik uchrashuvida ham kuch sinashishgan. Qishda “Obod” maydonida o‘tkazilgan nazorat o‘yinida 2:2 hisobidagi durang qayd etilgandi.

Joriy yilgi chempionatning 21-turidan keyin “Obod” jamoasi musobaqa jadvalida 12 ochko jamg‘argan holda so‘nggi o‘rinni band etib turibdi. Poytaxtliklar 21 ta uchrashuvning uchtasini o‘z foydalariga hal qilishgan. Yana uchta o‘yinda esa “Obod” raqiblari bilan murosa ko‘chasini tanlashga majbur bo‘lgan. 15 ta o‘yinda esa imkoniyat boy berilgan. Toshkent jamoasi raqiblar darvozasiga 15 marta yo‘l topa olgan xolos. O‘z navbatida o‘z darvozalarida 44 ta to‘p olib chiqishga majbur bo‘lishgan. E’tiborli jihati Toshkentdagi uchrashuv hakami Zokir Qodirov Namanganda o‘tgan bahsni ham boshqargandi.
Toshkentning “Obod” jamoasi 2013 yili tashkil topgan. Oldingi mavsumlar davomida jamoa a’zolari birinchi ligada ishtirok etishgan. 2015 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra poytaxtliklar birinchi ligada g‘oliblikni qo‘lga kiritib, kuchlilar safida qatnashish huquqini qo‘lga kiritishdi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar