Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.09.2016

Yoshlar ligasi. «Navbahor» safarda «Obod»ni mag‘lub etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 37
Yoshlar ligasi. «Navbahor» safarda «Obod»ni mag‘lub etdi

Bugun mamlakat yoshlar birinchiligining 22-tur uchrashuvlariga start berildi. «Navbahor» yoshlari ushbu turda Toshkentda “Obod” jamoasi mehmoni bo‘lishdi.

So‘nggi ikki turda ochko olishni uddasidan chiqa olmagan futbolchilarimiz bu safar maydonga faqat g‘alaba ishtiyoqida tushganliklarini amalda isbotlashdi. Natija ham shunga yarasha bo‘ldi. Yoshlarimiz mehmonda to‘p surganliklariga qaramay raqibdan har tomonlama ustun ekanliklarini amalda namoyish etishdi. Yakunda qayd etilgan 3:0 hisobidagi yutuq ustunlikni qaysi jamoa tomonida bo‘lganligidan dalolat bermoqda.

Uchrashuv borasida gap ketganida, yoshlarimiz birinchi bo‘lim debyutida hisobni ochishga erishishdi. Ilk daqiqalardanoq tashabbusni o‘z qo‘llariga olgan futbolchilarimiz Azizbek Mamazoyitovning aniq zarbasidan keyin oldinga chiqib olishdi. Ushbu vaziyatda G‘ayrat Jo‘raev Azizbekka yaxshigina imkoniyat yaratib berdi va futbolchichimiz deyarli darvozabon bilan yakkama-yakka holatda mo‘ljaldan adashmadi. 35-daqiqada esa Azizbek Mamazoyitovning o‘zi qanotdan oldinga intilib, himoyachilarni aldab o‘tgan holda Ahmad Mamadalievga gol urish imkoniyatini yaratib berdi. Kelajagi porloq futbolchi deb baholanayotgan Mamadalievga yaqin masofadan darvozani nishonga olish qiyinchilik tug‘dirmadi. Maydon egalari hisobni o‘zgartirish uchun bir necha bor urinib ko‘rishgan bo‘lsada tanaffusga qadar ikki to‘p farqidagi ustunlik saqlanib qoldi.

Tanaffusdan keyin mezbonlar ko‘proq hujum tashkil etishga urinib ko‘rishgan bo‘lsada, yoshlarimiz himoya qo‘rg‘onini yorib o‘tishda bir qator qiyinchiliklarga duch kelishgani sababli gol urishni uddasidan chiqishdi. Kam sonli vaziyatlarda esa “Obod” futbolchilarining zarbalariga aniqlik etishmaganligi ham hisobni o‘zgarishiga imkon bermadi. O‘z navbatida futbolchilarimiz ham bir necha imkoniyatlardan samarali tarzda foydalana olishmadi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida esa Azizbek Turg‘unboev qanotdan himoyachilarni ortda qoldirib, Xusan G‘anievga gol urish imkoniyatini yaratib berdi.

Zaxiradan maydonga tushgan futbolchimiz hisobni yirik ko‘rinish olishini ta’minladi. Ushbu g‘alabadan keyin ochkolari sonini 37 taga etkazib olgan “Navbahor” yoshlari musobaqa jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

“Obod” – “Navbahor” – 0:3 (0:2). Toshkent. “Obod” o‘yingohi.
Hakamlar: A.Najafaliev, N.Afinogenov, S.Abdurahmonov, A.Shukrullaev.
Nazoratchi – Sh.Jumaev.
“Obod”: 1. U. Yorbekov, 27. X. Abdualimov, 29. Sh. Majidov (47. D. Nasriddinov, 51), 33. Z. Mahkamov, 36. U.Matmusaev, 37. Sh. Murotov, 38. J. Qahramonov (42. B. Abdunabiev, 65), 40. I. Ismoilov, 46. I. Siddiqjanov, 48. D. Jo‘raboev (45. M. Qosimov, 65), 49. O. Pardabaev (30. I. Jasurxo‘ja, 80).
“Navbahor”: 1. M. Mamatxonov, 2. A. Mamazoyitov (15. J. Olimjonov, 46), 4. B.Sharofiddinov (14. B. Tursunov, 79), 5. H. Yunusov, 8. B. Rahimov, 9. I. Boydedaev (7. X. G‘aniev, 61), 11. A. Mamadaliev (6. A. Xoldorov, 75), 17. A. Turg‘unboev (72. I. Ismailov, 87), 18. G‘. Karimov, 19. Sh. Abbosov (10. I. Aliboev, 56)), 20. G‘. Jo‘raev.
Gollar: A. Mamazoyitov (6), A. Mamadaliev (35), X. G‘aniev (86).
Ogohlantirishlar: G‘. Karimov (68), I. Aliboev (74).

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar