Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.09.2016

Amerikalik sportchilar taqiqlangan dorilarni qabul qilgan. Bu qonuniymi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 69
Amerikalik sportchilar taqiqlangan dorilarni qabul qilgan. Bu qonuniymi?

Xakerlar Jahon aksildoping agentligi (WADA)ning ma’lumotlar bazasini buzdi va ko‘plab hujjatlarni e’lon qildi. Ularga ko‘ra, amerikalik ba’zi mashhur sportchilar taqiqlanganlar ro‘yxatida turgan dori vositalarini qabul qilgan. Bunda gap tennischilar Vinus va Serena Uilyams, gimnastikachi Simona Baylz va basketbolchi Elena Delle Donn haqida bormoqda, deb yozadi Meduza.

Ular doping qabul qilganmi?
Yo‘q. Har holda, xakerlar e’lon qilgan hujjatlarga asoslanib, ular doping qabul qilgan degan xulosaga kelib bo‘lmaydi. Gap shundaki, sportchilar o‘tkir yoki surunkali kasalliklardan davolanish uchun taqiqlangan dorilar ro‘yxatiga kiritilgan vositalardan foydalanish huquqiga ega. Bunday ko‘rinishdagi istisnoga ehtiyoj sezgan sportchi «Terapevtik qo‘llash» uchun maxsus ruxsatnomani olishi kerak.

Bu sportchilar shunday ruxsatnomalarni olganmi?
Ha. Xakerlar aynan o‘sha ruxsatnomalarni chop etgan. Qo‘shimchasiga, Baylz va Delle Donndan Rio Olimpiadasi vaqtida olingan namunalar ijobiy natija berganini ham ilova qilingan. Tahlillar vaqtida bu sportchilarga iste’mol qilish uchun ruxsat etilgan dori vositalarining izlari topilgan.

Demak, dopingga ruxsat berilgan?
Yo‘q. Bu kabi ruxsatnomalarning berilishi maxsus qoidalar asosida tartibga solinadi. Ruxsatnomalarni taqdim etuvchi tibbiy komissiya dori vositasi (yoki davolash uslubi) sportchining ko‘rsatkichlariga ta’sir etmasligi, aksincha, faqat kasallik belgilariga qarshi kurashishiga ishonch hosil qilishi kerak. Bu — ruxsatnomani berish vaqtidagi talablardan biri, xolos.

Yana qanday talablar bor?
Komissiya ruxsat berilishi so‘ralayotgan dori vositasi yoki davolash uslubi sportchiga haqiqatan ham zarur ekaniga ishonch hosil qilishi kerak. Zarurat quyidagicha aniqlanadi: agar bu dori yoki metoddan foydalanilmasa, sportchining salomatligi keskin yomonlashadi. Yana bir sharti — davolashning boshqa muqobil yo‘li umuman bo‘lmasligi kerak. Agar sportchi o‘z salomatligiga boshqa taqiqlangan dori vositalari yoki metodlari sabab zarar etkazib, endi boshqa taqiqlangan dori vositalari yoki metodlari orqali sog‘ligini tiklab olmoqchi bo‘lsa, unga ruxsatnoma berilmaydi.
Ruxsatnomani olish uchun sportchi komissiyaga barcha kerakli tibbiy hujjatlarni yuborishi va uning so‘rovi barcha talablarga mos kelishini asoslab berishi kerak. Ruxsatnoma belgilangan bir davrga va dorining ma’lum bir dozasi uchun beriladi.

Taqiqlangan dorilardan foydalanish amerikaliklar sportchilarga nima uchun kerak bo‘lgan?
Chop etilgan hujjatlarda bu haqda ma’lumot yo‘q — tibbiy sir talablarini buzmaslik uchun WADA ma’lumotlar bazasi bu kabi axborotni oshkor qilmaydi. Simona Baylz Twitter’dagi sahifasida taqiqlangan preparatlarni e’tibor tanqisligi va giperfaollik sindromi (ETGS) tufayli qabul qilganini bildirdi. Hujjatlardan anglashiladiki, unga Fokalin (Focalin XR) preparatini qabul qilishga ruxsat berilgan, shu sababli undan olingan namunalarda taqiqlangan metilfenidat va amfetamin moddalari topilgan.

Elena Delle Donnda ham, aftidan, xuddi shunday tashxis. Unga ETGSdan davolanishda ishlatiladigan Adderol (Adderall) preparatini qabul qilishga ruxsat etilgan. Hujjat izohida sportchiga har yili mazkur kasallik yuzasidan tibbiy ko‘rikdan o‘tish haqida tavsiya berilgan.

Opa-singil Uilyams bilan bog‘liq vaziyat esa unchalik aniq emas — ular ko‘plab har xil preparatlarni qabul qilgan. Har ikkisida ham salomatligi bilan bog‘liq muammolar borligi ma’lum: Vinusga astma va Shegren sindromi tashxisi qo‘yilgan, Serena esa 2010 yili juda jiddiy jarohat olgan edi. Ehtimol, ular taqiqlangan preparatlarni boshqa kasallik va shikastlanishlar sabab qabul qilgandir.

E’tibor tanqisligi sindromi — bu jiddiy narsami?
Bu — murakkab savol. Bir tomondan, e’tibor tanqisligi sindromi — rasman tan olingan va (ayniqsa AQShda) juda keng tarqalgan sindrom. Nomidan ham anglash mumkinki, ETGS bilan xastalangan kishilar bir ishga diqqat-e’tiborini qarata olmaydi, ularda tez-tez giperaktivlik bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi. Sindrom odatda bolalikda paydo bo‘ladi. ETGSli o‘quvchilar ta’limda qiynaladi, xulqi bilan bog‘liq jiddiy muammolar bo‘ladi. Bunday tashxisli kattalar esa ishlashga, yangi sharoitlarga moslashishda qiyinchilikka duch keladi. Sindrom hamroh kasalliklar, masalan, depressiya bilan birga kechishi mumkin. Boshqa tomondan esa, ko‘plab shifokorlar ETGSni alohida sindrom deb ajratish shart emas, deb hisoblaydi; bu mavzu ko‘p bahs-munozaralarga sabab bo‘ladi. Bahslarning murakkabligi shundaki, ETGSni analizlar yordamida aniqlab bo‘lmaydi — shifokorlar bunday tashxisni shikoyatlar, ota-onaning fikrlari, shaxsiy kuzatuvlar asosida chiqaradi. Sindrom mavjudligi tarafdorlarining bir asosi taxminan shunday jaranglaydi: bu kabi sindromli kishilarni samarali davolash yo‘li borligi isbotlangan, demak, sindrom mavjud.

ETGSli sportchi taqiqlangan dorini qabul qilmasa, ahvoli juda yomon bo‘lib qolmas?
Yomon bo‘lib qolishi ham mumkin. Taqiqlangan preparatlardan foydalanish bo‘yicha ruxsat berish haqida qaror qabul qiluvchi komissiyalarning yo‘riqnomasida qayd etilgan: ETGS bilan xastalangan odamlar o‘z dorilarini muntazam qabul qiladi va bu jarayonni to‘satdan to‘xtatish bemorning ahvolini og‘irlashtirishi, qayta tiklanish uchun esa ko‘p vaqt talab etilishi mumkin.

Sportchilar preparatlarni qabul qilish uchun, kim bilsin, o‘zini shunday kasalga ham solsa kerak
Buni, albatta, inkor qilib bo‘lmaydi. 2006 yili AQSh Bosh beysbol ligasi beysbolchilariga Adderol qabul qilish taqiqlandi. Kelasi yili esa e’tibor tanqisligidan aziyat chekayotgan o‘yinchilar soni 28 dan 103 nafargacha ko‘paydi. Bu holat sportchilar taqiqlangan dori vositasini olish yo‘lida g‘irromlik qilayapti, degan shubhaga ham sabab bo‘ldi. Biroq beysboldan keltirilgan bu misol Baylz va Delle Donn ham o‘z kasalligini sahnalashtirgan, deyishga asos bo‘la olmaydi.
Taqiqlangan preparatlardan foydalanish uchun ruxsatnomalar ko‘p sportchilarga beriladimi?
Yo‘q. WADA ma’lumotlariga ko‘ra, 2014 yil davomida sport tashkilotlari jami 255 ta shunday ruxsatnoma bergan. Miqyosni to‘laroq his qilish uchun, opa-singil Uilyamslar, Simona Baylz va Elena Delle Donn ishtirok etadigan sport turlari statistikasiga nazar solgan ma’qul. Engil atletikachilarga 2014 yili 13 ta, basketbolchilarga beshta, tennischilarga esa atigi uchta ruxsatnoma berilgan.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar