Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.09.2016

O‘zbekistonlik dzyudochilar yoshlar va kadetlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida sovrindorlar qatoridan joy oldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 49
O‘zbekistonlik dzyudochilar yoshlar va kadetlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida sovrindorlar qatoridan joy oldi

Hindistonning Kochchi shahrida 8—11 sentyabrSh kunlari dzyudo bo‘yicha yoshlar va kadetlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilar 5 ta oltin, 6 ta kumush va 6 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Yoshlar o‘rtasida vazni 66 kilogrammgacha bo‘lgan dzyudochilar bellashuvlarida qatnashgan Artyom Shturbavin KXDR vakili Xyong Un Kim, hindistonlik Jaslin Singx Saini, eronlik Alirizo Hojastehni mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Vazni 81 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasida Davlat Bobonov iordaniyalik Solih Sefan, eronlik Subhon Rasuliy va tojikistonlik Akmal Murodov ustidan g‘alaba qozonib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

90 kilogrammgacha vazn toifasidagi dzyudochilar bellashuvida Muhammadkarim Xurramov Janubiy Koreya vakili Yu Xan Li, Xitoy Taypeyidan Fong Shun Chen va qirg‘izistonlik Azamat Bektursunovni engib, Osiyo chempioni bo‘ldi.

O‘z vazn toifasida Suhrob Tursunov va Bekmurod Oltiboev kumush, Doston Ro‘ziev va Renat Najmiddinov bronza medal bilan taqdirlandi.

Qizlar o‘rtasidagi bahslarda Gulnur Murodboeva o‘z vazn toifasida barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratib, qit’ada tengsiz ekanini isbotladi. Nodira Yo‘ldosheva ikkinchi, Diyora Keldiyorova, Mahliyo Mannopova va Rahima Yo‘ldosheva uchinchi o‘rinni egalladi.

Kadetlar o‘rtasidagi bahslarda Sanobar Sultonova oltin, Shahzod Ochilov, Jasur Samadov va Ulug‘bek O‘roqov kumush, Nasrullo Shokirov bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar