Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.09.2016

FIFA reytingi: O‘zbekiston 49-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 33
FIFA reytingi: O‘zbekiston 49-o‘ringa ko‘tarilib oldi

FIFA bugun terma jamoalarning navbatdagi reytingi jadvalini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 6 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib, 49-o‘ringa joylashdi.
Xabaringiz bor, terma jamoamiz avgust oyidagi reytingdan keyin 3ta uchrashuvda maydonga tushdi. Babayan shogirdlari o‘rtoqlik uchrashuvida Burkina-Fasoni, JCh-2018 saralash bosqichi doirasida Suriya va Qatarni mag‘lub etishdi. Mazkur g‘alabalar natijasida O‘zbekiston hisobi 61 ballga boyidi. Oqibatda termamiz hisobidagi ochkolar soni 621 ballni tashkil qilmoqda. Bu esa O‘zbekiston terma jamoasiga FIFA reytingining kuchli elliktaligiga kirish imkonini beradi. Terma jamoamiz 9 yilu 8 oydan keyin top-50ga kirishga muvaffaq bo‘ladi. Jamoamiz 2007 yilning yanvarSh oyida 45-o‘ringa ko‘tarilgandi.

Termamiz Eron (37-o‘rin, 712 ball), Avstraliya (45, 643) va Janubiy Koreya (47, 634)dan keyin Osiyoning to‘rtinchi jamoasiga aylandi. Saudiya Arabistoni (52) va Yaponiya (56) bizdan keyingi o‘rinlarni egalladi. JCh-2018 saralashida biz bilan bir guruhdan o‘rin egallagan jamoalar quyidagi o‘rinlarni band etishgan: Xitoy (78), Qatar (85) va Suriya (114).

MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlari orasida O‘zbekiston Ukraina (29) va Rossiya (38)dan keyin uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Argentina terma jamoasi katta farq bilan FIFA reyting jadvalini boshqarishda davom etmoqda. Belgiya 2-o‘rinni band etgan bo‘lsa, Germaniya bir pog‘ona ko‘tarilib, kuchli uchlikka kirdi. Braziliya terma jamoasi esa birdaniga 5ta o‘rin yuqorilab, 4-o‘riinga chiqib oladi. Kuchli beshlikni Kolumbiya yakunlab beradi.
Reyting jadvalining to‘liq ko‘rinishi bilan FIFA rasmiy saytida tanishib olishingiz mumkin.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar