Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.09.2016

O‘zPFL Oliy Liganing ko‘chirilgan o‘yinini qaytadan ko‘chirganini ma’lum qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 41
O‘zPFL Oliy Liganing ko‘chirilgan o‘yinini qaytadan ko‘chirganini ma’lum qildi

O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi mamlakat milliy terma jamoasining JCh—2018 saralashidan joy olgan o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishi uchun Oliy Liga taqvimida bir qator o‘zgarishlarga qo‘l urdi, deb xabar berdi tashkilot matbuot xizmati.

23-turdan joy olgan «Navbahor» — «Paxtakor» o‘yini avval belgilab qo‘yilganidek 25 sentyabrda emas, balki bir kun oldin o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

24-turning esa bir yo‘la ikki uchrashuvi boshqa muddatda bo‘lib o‘tadi. «Paxtakor» va «Lokomotiv» ishtirokidagi Toshkent derbisi 30 sentyabrdan 28 sentyabrga yaqinlashtirilgan bo‘lsa, «Buxoro» — «Bunyodkor» o‘yini ham xuddi shunday taqdirga duchor bo‘ldi.

Avvalroq «Lokomotiv» klubining Osiyo Chempionlar Ligasidagi ishtirokini inobatga olgan PFL 20-turning «Mash’al» — «Lokomotiv» uchrashuvini 26 avgustdan 20 sentyabrga ko‘chirgandi. Endi esa milliy terma jamoa manfaatlari sabab mazkur o‘yin sanasi ikkinchi bor o‘zgardi, biroq uchrashuv kuni to‘liq hal bo‘lmadi. 17—19 oktyabrdagi PFLning zaxira kunlaridan birida «Lokomotiv» Muborak shahriga borib keladigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, PFLning 2016 yilgi mavsumi uchun taqvimi Osiyo Chempionlar Ligasi va FIFA taqvimidan keyin tuzib chiqilgan.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar