Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.09.2016

XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarining 7- kuni O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari o‘zlarining 30-medallarini qo‘lga kiritdilar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 230
XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarining 7- kuni O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari o‘zlarining 30-medallarini qo‘lga kiritdilar

14-sentyabrSh kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tayotgan XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarining 7- kuni hamyurtlarimiz o‘zlarining o‘ttizinchi medallarini qo‘lga kiritdilar. Musobaqalarda ishtirok etgan sportchilarimizdan Aleksandr Svechnikov engil atletikaning nayza otish yo‘nalishida ishtirok etib 65,69 metr natija bilan Paralimpiya o‘yinlari rekordini yangiladi va musobaqalarning oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarining 7- kuni O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari o‘zlarining 30-medallarini qo‘lga kiritdilar

Shu bilan bir qatorda engil atletikaning ayollar o‘rtasida yadro uloqtirish musobaqasida ishtirok etgan Sofiya Burxanova 15,05 metrlik ko‘rsatkich bilan musobaqaning kumush medalini qo‘lga kiritdi. Engil atletikaning ushbu yo‘nalishida oltin medal italiyalik Assunta Legnantega nasib qilgan bo‘lsa, meksikalik Rebekka Alvares bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarining 7- kuni O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari o‘zlarining 30-medallarini qo‘lga kiritdilar

Shuningdek bellashuvlarning ettinchi kuni Muslimaxon Odilova XV Paralimpiya o‘yinlaridagi o‘zining ikkinchi kumush medalini qo‘lga kiritdi. Avval habar berib o‘tganimizdek Muslimaxon 100 metrga batterflyay usulida suzish bo‘yicha kumush medaliga sazovor bo‘lgandi. Bu safar endi hamyurtimiz 50 metrlik masofani erkin usulda 28 soniya ichida suzib o‘tib yana bir kumush medaliga ega chiqdi. Ushbu masofaga erkin suzish bo‘yicha bronza medali xam O‘zbekiston vakiliga nasib etdi. Shoxsanam Toshpo‘latova shoxsupaning uchinchi pog‘onasidan o‘rin olib delegatsiyamiz g‘aznasiga yana bir bronza medalani qo‘shib qo‘ydi. Eslatib o‘tamiz Shoxsanam 200 metrga kompleks usulida suzish bahslarida ham bronza medali bilan taqdirlangandi.
XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarining 7- kuni O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari o‘zlarining 30-medallarini qo‘lga kiritdilar

Erkaklar o‘rtasida musobaqalarda esa 50 metrga erkin suzish bo‘yicha Muzaffar Tursunxo‘jaev 00:24.21 natija bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi mazkur medal Muzaffar uchun ham XV Paralimpiya o‘yinlaridagi ikkinchi bronza bo‘ldi. U 100 metrga batterflyay usulida suzish bo‘yicha ham bronza medali bilan taqdirlangandi.
XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarining 7- kuni O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari o‘zlarining 30-medallarini qo‘lga kiritdilar

Shuningdek kecha engil atletikaning yadro uloqtirish musobaqasida ishtiirok etgan Xusniddin Norbekov 15.17 metr natija bilan bronza medalni qo‘lga kiritdi. Yodingizda bo‘lsa musobaqalarning birinchi kuni Xusniddin disk uloqtirish bahslarida 59.75 metr natija bilan jahon rekordini o‘rnatib Paralimpiya o‘yinlarining oltin medaliga sazovor bo‘lgandi, demak hamyurtimiz o‘z shaxsiy hisobiga bronza medalini ham qo‘shib qo‘ydi.
XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarining 7- kuni O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari o‘zlarining 30-medallarini qo‘lga kiritdilar

Medallar jamg‘arish borasida delegatsiyamiz tarkibida Fotimaxon Amilova peshqadamlik qilmoqda. Uning hisobida XV Paralimpiya o‘yinlarining oltin, kumush va bronza medallari mavjud bo‘lib, jami 3 ta medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek Husniddin Norbekov ( oltin, bronza), Muslima Odilova (kumush, kumush), Muzaffar Tursunxo‘jaev (bronza, bronza) va Shoxsanam Toshpo‘latova (bronza, bronza)lar ikkitadan medalni qo‘lga kiritishgan.
XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarining 7- kuni O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari o‘zlarining 30-medallarini qo‘lga kiritdilar

Xozirgi paytga kelib delegatsiyamiz hisobida 7 ta oltin, 6 ta kumush va 17 ta bronza medallari mavjud bo‘lib, paralimpiyachilarimiz jami 30 ta medal bilan umumjamoa hisobida 12-o‘rinni band etib turishibdi. Biz hamon Osiyoda ham, MDH davlatlari orasida ham ikkinchi o‘rinda bormoqdamiz. Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar