Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.09.2016

«Formula–1» sobiq poygachisi Rio–2016 Paralimpiadasining chempioni bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 36
«Formula–1» sobiq poygachisi Rio–2016 Paralimpiadasining chempioni bo‘ldi

«Formula–1» avtopoygalarining sobiq ishtirokchisi Alessandro Dzanardi Rio–2016 Paralimpiya o‘yinlarining shossedagi velopoyga bahslarida g‘alaba qozonib, uch karra paralimpiya chempioniga aylandi. Bu haqda «RBK» xabar bermoqda.

49 yoshli italiyalik sportchi alohida start bilan o‘tkaziladigan individual poygada zafar quchdi. Ikkinchi o‘rinni avstraliyalik Styuart Tripp egalladi.

«Formula–1»ning Benetton, Minardi va Lotus jamoalarida faoliyat olib borib, keyinchalik CART seriyasidagi avtopoygalariga o‘tib ketgan Dzanardi 2001 yilning 15 sentyabrida jiddiy avtohalokatga uchradi va buning natijasida og‘ir jarohatlar oldi. Shifokorlar poygachining ikki oyog‘ini tizzasigacha amputatsiya qilishga majbur bo‘lgandi.

Avtohalokatdan bir necha yil o‘tib, Dzanardi paralimpiyachilar musobaqasida ishtirok eta boshladi. 2012 yili esa Londondagi Paralimpiya o‘yinlarida debyut o‘tkazib, velopoyga bahslarining 16 hamda 64 kilometr masofalarida oltin medalga sazovor bo‘lgandi. Italiyalik sportchi 16 sentyabrSh, juma kuni o‘tkaziladigan bahslarda Rio—2016 Paralimpiya o‘yinlarining yana bir medaliga ega chiqishi mumkin.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar