Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.09.2016

EChL. «Real» so‘nggi soniyada «Sporting»ni mag‘lubiyatga uchratdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 50
EChL. «Real» so‘nggi soniyada «Sporting»ni mag‘lubiyatga uchratdi

Evropa chempionlar ligasida guruh bosqichining dastlabki turida "Real" o‘z maydonida "Sporting"ni qabul qildi va juda katta qiyinchilik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu o‘yin Krishtianu Ronaldu uchun juda katta ahamiyatga ega edi. Futbolchi aynan "Sporting" orqali katta futbolga kirib kelganini yaxshi bilasiz.

Mehmonlar nomdor raqibga qarshi dadil harakat qilishdi. Texnik jihatdan yaxshi shakllangan futbolchilarga ega bo‘lgan lissabonliklar ba’zi vaziyatlarda to‘pni yaxshi nazorat qila olishlari mumkinligini namoyish qilishdi. Birinchi bo‘limda madridliklar raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yuzaga keltira olishmadi. Boz ustiga, ikkinchi bo‘lim boshida "Sporting" hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Mehmonlar qisqa paslar orqali maydon egalari jarima maydonchasiga kirib kelishdi va Sezar 14 metrdan olis burchakka to‘pni joyladi.

Ikkinchi bo‘limda "Madrid" bosimni oshirib bordi, Zidan ketma-ket uchta o‘zgarishni amalga oshirdi. Darvozani ishg‘ol qilish uchun eng qulay vaziyat bahsning 83-daqiqasida Ronalduda yuzaga keldi. Krishtianu 3 metrdan darvozani ishg‘ol qila olmadi — uning zarbasidan keyin to‘p ustunga tegib qaytdi!

Shunga qaramay, Krishtianu o‘z maqsadiga erishdi. O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 1 daqiqa qolganida u raqib jarima maydonchasi tashqarisidan jarima to‘pi ishladi. Portugaliyalik futbolchi o‘ta aniq zarba bilan darvoza "to‘qqizligi"ni nishonga oldi. To‘p darvozabonning qo‘liga orqali ustunga tegib, chiziqni kesib o‘tdi. Ronaldu ushbu golni xursandchiliksiz nishonlashga harakat qildi.

Hakam ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berdi va ushbu vaqtning eng so‘nggi soniyasida mezbonlar g‘alabani to‘pini kiritishdi. Xames chap qanotdan etkazib bergan uzatmani Morata bosh bilan darvozaga joyladi. To‘p bu safar darvozabonning qo‘li orqali ustunga tegib, to‘rga borib tushdi.

Shu tariqa, "Sporting" alamli tarzda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, "Real" Chempionlar ligasining yangi mavsumini g‘alaba bilan boshlaydigan bo‘ldi.
Evropa chempionlar ligasi, guruh bosqichi, 1-tur. 23:45
"REAL MADRID" - "SPORTING" - 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 0:1 – 47 Bruno Sezar, 1:1 – 89 Ronaldu, 2:1 – 90 Morata.
Real Madrid – Kasilya, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro, Kroos (Xames, 77), Beyl (Vaskes, 67), Ronaldu, Benzema (Morata, 67).
Sporting – Ruy Patrisiu, Koates, Zegelar, Joau Pereyra, Ruben Semedu, Bruno Sezar, Adrien Silva (Elias, 73), Jelson Martinsh (Markovich, 70), Vilyam Karvalyu, Ruis (Kempbell, 90), Dost.
Ogohlantirishlar: Adrien Silva (39), Vilyam Karvalyu (57), Zegelar (65), Kroos (75).

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar