Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.09.2016

"Mash’al-2" so‘nggi soniyalarda g‘alabani ilib ketdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 69
"Mash’al-2" so‘nggi soniyalarda g‘alabani ilib ketdi

Bugun "Mash’al-2" jamoamiz o‘z maydonida Kosonsoyning "Kosonsoy" jamoasini qabul qilib so‘ngi soniyalarda g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘yin startida faollik bilan harakat qilgan va hujumlarda ustunlikka erishgan raqiblarimiz hisobni birinchi bo‘lib ochishga erishishdi.

Bobirjon Mamajonov chap qanotdan berilgan to‘pga egalik qildi va hisobni ochuvchi gol muallifiga aylandi. Dastlabki bo‘limda boshqa gol ko‘rmadik. Ikkinchi bo‘lim boshlandi va hisob tenglashdi 1:1 ! Bu vaziyatda Shaxzodbek Ubaydullaev chap qanotdan darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga olabildi.Shundan so‘ng ikkala jamoa yanda hujumkorlik bilan o‘yinni davom ettirishdi. Raqiblarimiz duranga rozi bo‘lishdi shekilli o‘yinning asosiy vaqtini cho‘zish bilan o‘tkazishdi va hakam o‘yin oxirida besh daqiqa vaqt qo‘shib berdi. O‘tib borayotgan soniyalar bizga nafaqat birinchi liga balki Oliy Liga o‘yinlarini har qanday o‘yinini ham bezaydigan supper golni taqdim etdi yana chap qanot va olis burchak hisob bu safar 2:1 gol muallifi esa Allayorxon Raupov bo‘ldi.

Jamoamiz g‘alabani qo‘lga kiritdi va biz bunday jozibali gollar urishni eplay oladigan yoshlarimizga keyingi bo‘ladigan safarda "Dinamo" jamoasiga qarshi bahsda ham omad va zafarli g‘alabani tilab qolamiz !

26-tur. 14 sentyabr

«Mash’al-2» (Muborak) – «Kosonsoy» (Kosonsoy) 2:1

Hakamlar: I. Ibragimov (Nukus), D. Sarsenov (Nukus), B. Kannazarov (Nukus)

Nazoratchi: V. Shashkov (Toshkent).

Gollar: Bobur Mamajonov (41) Shahzodbek Ubaydullaev (47), Olloyor Raupov (90+5)

“Mash’al-2”: 30. Husan Olimjonov, 4. Muhammad Toshpo‘latov, 6. Bunyod Shodiev (19. Obid Mamatov), 7. Sunnatilla Rustamov, 8. Ahror Inoyatov, 9. Nodirbek Ibragimov, 10. Sanjar Ahmedov, 11. Shokir Yo‘ldoshev (15. Muhriddin Shamsuddinov), 14. Yodgor Nazarov, 18. Shahzodbek Ubaydullaev (3. Olloyor Raupov), 20. Masqudjon Mahmudov.

Zaxira: 1. Rahimjon Davronov, 5. Doniyor Umarov, 24. Husniddin Aliqulov.

“Kosonsoy”: 33. Amir Ergashev, 2. Islom Ismoilov, 10. Sanjar Toshpo‘latov, 4. Mirjamol Jamolov, 6. Farrux Abdurahimov, 8. Doniyor Inomov (19. Bahodir Baxtiyorov), 3. Bobur Mamajonov, 13. Jasur Jaymanov (5. Abbos G‘ulomov), 15. Nodirxon Adamxonov, 17. Anvar Xojimirzaev, 23. Shohruhmirzo Ahmadaliev (11. Sardor Telyakov).

Zaxira: 1. Shavkat Karimov, 7. Amon Halilov, 9. Sherzod Holiboev, 18. Davron Mahmudov.

Ogohlantirishlar: Anvar Xojimirzaev (27), Nodirxon Adamxonov (52)

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar