Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.09.2016

“Andijon” – “Nasaf”: PREVYu

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 49
“Andijon” – “Nasaf”: PREVYu

“Nasaf” jamoasi oliy liga 22-tur uchrashuvini safarda Andijonning “Andijon” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

O‘zPFL, 22-tur. 17.09.2016.

Andijon (Andijon) – Nasaf (Qarshi)

Andijon sh., “Sog‘lom avlod” stadioni, 17:00da

Bosh hakam: Olim Tolibjonov (Toshkent)

Hakamlar: Rasuljon Fozilov (Namangan), Mo‘minjon Majidov (Namangan)

Zaxira hakami: IgorSh Xudaydatov (Toshkent)

Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan)

O‘zPFL vakili: N. Lutfulin.

Olim Tolibjonov bu yilgi mavsumda jamoamiz ishtirokidag ikkinchi uchrashuvni boshqaradi.

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Shu paytgacha oliy liga bahslaridaa ushbu jamoalar 35 marotaba o‘zaro kuch sinashgan. Ushbu bahslarning 23tasida jamoamizning qo‘li baland kelgan. 5 uchrashuvda esa andijonliklar g‘alaba qozonishgan. Qolgan etti uchrashuvda durangga imzo chekilgan.

To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik jamoamiz tomonida 84-43. “Andijon” darvozasiga futbolchilarimiz tomonidan kiritilgan ushbu 84ta gollarning 24tasi aynan Andijon shahridagi uchrashuvlarda kiritilgan. Andijonliklar ham o‘z maydonlarida 24 marta darvozamizni ishg‘ol qilishga erishgan.

O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan yirik hisoblar

Mazkur jamoalar o‘rtasidagi eng yirik hisoblar 1998 va 2004 yillar qayd etilgan. 1998 yili Andijonda “Nasaf” o‘z tarixidagi eng yirik mag‘lubiyat (0:6)ni qabul qilib olgan.

2004 yili esa “ajdarlar” o‘z maydonlarida andijonliklarni 8:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishgan.

O‘zaro uchrashuvlar tarixiga nazar solsak, jamoalar o‘rtasidagi uchrashuvlarda ikki marta yirik 4:4 hisobidagi durang natija ham qayd etilganiga guvoh bo‘lamiz.

Mazkur jamoalarning o‘tgan davradagi uchrashuvi haqida

Ushbu jamoalarning birinchi davradagi uchrashuvi Qarshida bo‘lib o‘tgan. 28 aprel kuni oliy liga 7-tur doirasidagi uchrashuvda jamoamiz 3:0 yirik hisobida g‘alaba qozongan. Uchrashuvdagi gollarga Azamat Allaniyozov, Ildar Mamatkazin va Maqsud karimovlar muallif bo‘lishgan.

Andijonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar tarixidan

“Andijon” va “Nasaf” jamoalari shu paytgacha Andijonda o‘zaro 17 marta bahs olib borishgan. Ularning to‘rttasida “burgutlar”, etti uchrashuvda “ajdarlar” g‘alabaga erishgan. Qolgan olti uchrashuvda g‘olib aniqlanmagan.

Andijonda bo‘lgan so‘nggi to‘rt uchrashuvda ham jamoamiz raqibidan ustun kelgan.

Jamoalarning turnir jadvalidagi holati

Ayni paytda jamoamiz 21 uchrashuvdan so‘ng 46 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining 3-pog‘onasida borishmoqda.

“Andijon” jamoasining o‘tgan 21-turdan keyin jamg‘argan ochkolari soni 15 taga teng, ular turnir jadvalining 14-o‘rinida borishmoqda.

“Nasaf” o‘tgan 21-turda “Buxoro” jamoasini yirik 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

“Andijon” jamoasi esa safarda kichik 1:0 hisobida “So‘g‘diyona” jamoasiga imkoniyatni boy berdi.

Bo‘lajak uchrashuvlar qaerda va qachon boshlanishi haqida

Mazkur jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv, Oltinko‘l tumanidagi “Markaziy” stadionda 16 sentyabr juma kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi.

Asosiy tarkiblar o‘rtasidagi uchrashuv esa Andijon shahridagi “Sog‘lom avlod” stadionida 17 sentyabr shanba kuni o‘tkaziladi. Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.

Manba: Stadion.uz


Teglar: Andijon Nasaf PREVYu

Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar