Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.09.2016

Hayot davom etadi, “Lokomotiv” bor e’tiborini keyingi o‘yinlarga qaratadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 67
Hayot davom etadi, “Lokomotiv” bor e’tiborini keyingi o‘yinlarga qaratadi

Kecha bo‘lib o‘tgan “Lokomotiv” – “Al Ayn” o‘yinidan so‘ng “temiryo‘chilar” bu yilgi Osiyo chempionlar ligasini tark etishdi. Safarda bu jamoa bilan 0:0 hisobini qayd etib qaytgan “Loko” Toshkentda kechgan bahsda 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Albatta, ushbu natijadan so‘ng ko‘pchilikning ko‘ngli xira bo‘lgani bor gap, ammo nima ham derdik, bu – futbol va bunda g‘alabalar qatori mag‘lubiyat ham bo‘lib turadi. Eng muhimi shuki, “Lokomotiv” boshini tik ko‘targan holda musobaqa bilan xayrlashdi.

“Loko” o‘zi ishtirok etgan barcha o‘yinlarda xarakter ko‘rsata oldi. Buning uchun futbolchilar va murabbiylar shtabiga rahmat aytsak arziydi. Lekin kechagi bellashuvda yo‘l qo‘yilgan ba’zi bir xatolar tufayli jamoa mag‘lub bo‘ldi.

Shunga qaramay, klub o‘z tarixida yangi sahifa ochdi. “Lokomotiv” o‘z tarixida birinchi bor Osiyo chempionlar ligasida guruhdan chiqdi, hatto chorak finalga qadar etib keldi. Bunaqasi klub tarixida birinchi bor ro‘y berdi. Qolaversa, bu yilgi OChLda eng uzoq mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirgan jamoa ham aynan “Lokomotiv” bo‘ldi.

“Temiryo‘lchilar” musobaqada 10ta o‘yin o‘tkazib, shundan 9tasida mag‘lub bo‘lishmadi (uchta g‘alaba, oltita durang). Ammo birgina mag‘lubiyat “Lokomotiv”ni musobaqani tark etishiga olib keldi. “Lokomotiv” bu yil OChL guruhidan chiqqan yagona o‘zbek klubi bo‘ldi va bu ham Osiyo e’tiboriga tushdi. Mana shu natija tufayli barchaga rahmat aytsak arziydi.

Hayot esa davom etadi va klubimiz bor e’tiborini navbatdagi o‘yinlarga qaratadi. Hali oldinda “lokochilar”ni milliy chempionat va O‘zbekiston Kubogi bahslari kutmoqda. Bo‘lajak bellashuvlarda jamoamizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz. “Lokomotiv” o‘zining keyingi uchrashuvini oliy liga doirasida 17 sentyabrSh kuni safarda “Olmaliq”qa qarshi o‘tkazadi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar