Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.09.2016

Chempion, o‘zingni bos!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 288
Chempion, o‘zingni bos!

El-yurt hurmatini qozonishdan ko‘ra, uni saqlab qolish qiyinroq. Yaqindagina Olimpiada oltin medallarini qo‘lga kiritgan chempionlarimiz hayotida ham ana shunday og‘ir va mas’uliyatil davr boshlandi. Xo‘sh, ular xalq oldidagi shuhrati, obro‘-e’tibori, hurmatini saqlab qola oladimi? Ayniqsa hammaning qo‘lida kamera, hamma joyda “ko‘z-quloq”lar ko‘paygan bugungi kunda? Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda Olimpida sovrindorlari Fazliddin G‘oyibnazarov va Bektemir Meliqo‘zievning qizlar davrasida tushgan rasmlari katta tezlikda tarqamoqda. To‘kin dasturxon, mag‘rur tikilgan nigoh, chiroyli qizlar davrasi (quchog‘i)… Tashqaridan qaraganda chempionlarimiz o‘zidan ketishni boshladi. Nahotki musobaqalar, chempionatlar, mashg‘ulotlar, navbatdagi g‘olibliklar tugab, sportchilar turli tor davralarning qahramoniga aylanishni boshlagan bo‘lsa? Yoki ko‘rmaganning ko‘rgani qursin, degan naql o‘z kuchini ko‘rsatayaptimi?
Chempion, o‘zingni bos!

Fazliddin G‘oyibnazarov o‘zini Gulruhmankuu Gulruh Gulruh deb atagan qiz bilan.

Menimcha, sportchi oxirigacha o‘z nomini oqlab, saqlab qolishi shart! Toki unga xavas qilayotgan, u erishgan marralarni ko‘zlayotgan yosh sportchilarning maqsadi chempion kabi shuhrat qozonib, maishat, yaxshi eb-ichish, chiroyli qizlar quchog‘ida savlat to‘kish bo‘lib qolmasin! Ular millat sha’ni, Vatan obro‘si uchun maydonga chiqish va g‘olib bo‘lishni orzu qilsin!

Xoy chempionlar, oltin medal olish bilan ish to‘xtab qolmaydi, biz sizlardan yana va yana g‘alabalarni kutib qolamiz. Sizlar endi oddiy odamlar emassiz, millat qahramoniga aylandingiz, hayotingiz shunga munosib bo‘lsin!

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar