Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.09.2016

Endi “Nasaf” futbol klubida ham kiberfutbolchilar bor

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 52
Endi “Nasaf” futbol klubida ham kiberfutbolchilar bor

Shu kunlarda O‘FF va PFLning qo‘llab-quvvatlashi orqali O‘zbekistonda “Virtual Football” kompaniyasi PCFL (Professional Cyber Football League) ligasi tashkil qilish bo‘yicha katta tashkilotchilik ishlarini boshlab yuborgan.

Butun dunyoda yangi sport turiga aylanib borayotgan kiberfutbol vakillari jahon chempionatlari va jahon gran-prilarida vatanimiz sharafini himoya qilib kelmoqdalar. Endilikda kiberfutbol mamlakatimizning professional futbol klublari qoshida ham tashkil etila boshlandi. Klublar o‘z saflariga ushbu sohada faoliyat yuritayotgan kuchli o‘yinchlarni qo‘shib olishni boshlashdi.

Bu loyihaning asosiy maqsadi yurtimizda ushbu virtual futbolni rivojlantirish bilan birgalikda yoshlarning bo‘sh vaqtini maroqli va mazmunli o‘tkazishga yordam berishdir. Shuningdek kirebfutbol bo‘yicha O‘zbekiston bayrog‘ini jahon arenalarida baland ko‘tarish sanaladi.

“Nasaf” futbol klubi ham bu loyihadan chetda qolmadi. Klubimiz katta tajribaga ega ikki nafar ana shunday kiberfutbolchilar bilan kelishuvga erishdi. Ushbu kiberfutbolchilar endilikda O‘zbekiston chempionatida klubimiz sharafini himoya qilishadi.

Bugun “Nasaf” futbol klubi o‘z kiberfutbolchilariga, klubimiz logotipi aks ettirilgan ramziy futbolkalarni topshirish marosimini o‘tkazdi.

Marosimda “Nasaf” futbol klubi bosh menedjeri Shamil Yarulin bu loyiha tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirib, yurtimizda endi kibersport ham ommalashib, o‘z safiga juda ko‘p yoshlarni jalb etishini va mamlakatimiz kiberfutbolchilari kelgusida bu orqali yurtimiz sharafini butun dunyoga ko‘z-ko‘z qilishiga ishonishini aytib o‘tdi va ularga omadlar tiladi.

Shu o‘rinda klubimiz kiberfutbolchilari ham so‘z olib, “Nasaf” klubi sharafini nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda munosib himoya qilishga butun mahoratini ishga solishini aytib o‘tishdi.

Quyida kiberfutbolchi a’zolarimiz bilan tanishing:

44 raqam. Xislat Umarov - Keeper, 2013 yildan kibersport bilan shug‘ullanadi.

70-raqam. Ilhomjon Turdikulov – Nike, 2012 yildan kibersport bilan shug‘ullanadi.

Klubimiz kiberfutbolchilari MDH davlatlari o‘rtasida va O‘zbekistonda o‘tkazilgan bir qancha turnirlarda ishtirok etgan va sovrindor bo‘lishgan.

Marosim yakuniga etgach, “Markaziy” stadionimiz anjumanlar zalida Qashqadaryo va Surxondaryolik kiberfutbolchilar o‘rtasida saralash bahslariga start berildi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar