Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.09.2016

EChL. 1-tur. «S» guruhi. «Barselona» «Seltik»ni yanchib tashladi, Manchesterdagi o‘yin qoldirildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 42
EChL. 1-tur. «S» guruhi. «Barselona» «Seltik»ni yanchib tashladi, Manchesterdagi o‘yin qoldirildi

"Barselona" Ispaniya chempionatida "Alaves"dan qabul qilgan mag‘lubiyat alamini "Seltik"dan oldi. Kataloniyaliklar Evropa chempionlar ligasining yangi mavsumi yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshlashdi.
Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq Neymarning uzatmasidan keyin Lionel Messi hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Bu argentinalik futbolchining EChLdagi eng tezkor goli bo‘ldi. Shotlandiyaliklar 24-daqiqada hisobni tenglashtirishlari mumkin edi, ammo Mussa Dembelening penaltidan bergan zarbasini Ter Shtegen qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.
Tanaffusga qadar Neymar-Messi juftligi "Seltik"ning mudofaasini "devor" o‘ynab yorib o‘tdi va Leo hisobni 2:0ga etkazdi.
Ikkinchi bo‘limda "ko‘k-anorranglilar" mehmonlarni butunlay tor-mor keltirishdi. Messi "xet-trik"ni rasmiylashtirgan bo‘lsa, Neymar o‘z hisobiga bitta gol yozdi va 4ta golga assistentlik qildi. O‘yin davomida Luis Suares o‘z hisobiga ikkita gol yozgan bo‘lsa, InShesta bir marta "Seltik" darvozasini ishg‘ol qildi. Yakuniy hisob — 7:0!

EChL, "S" guruhi
"BARSELONA" - "SELTIK" - 7:0 (2:0)
Gollar: 1:0 – 3 Messi, 2:0 – 27 Messi, 3:0 – 50 Neymar, 4:0 – 59 InShesta, 5:0 – 60 Messi, 6:0 – 75 Suares, 7:0 – 88 Suares.
Noaniq penalti: Mussa Dembele (24, darvozabon)
Barselona – ter Shtegen, Umtiti, Pike, Alba, Serji Roberto, Rakitich (InShesta, 46), Buskets (RafinShya, 61), Andre Gomesh, Neymar, Messi, Suares.
Seltik – de Vris, Svyatchenko (O’Konnell, 68), Ture, Tirni, Gamboa, Braun, Biton (Makgregor, 76), Sinkleyr, Roberts (Armstrong, 68), Lyustig, Dembele.
Ogohlantirishlar: ter Shtegen (23), Rakitich (40), Braun (56).

Ushbu guruhning "MANChESTER SITI" - "BORUSSIYa" Myonxengladbax o‘yini kuchli yomg‘ir tufayli o‘tkazilmay qoldi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar