Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.09.2016

La Ligaga xorijdan 10ta asosiy transfer

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 69
La Ligaga xorijdan 10ta asosiy transfer

Ispaniya chempionati yozgi transfer oynasida bir qator shov-shuvli xaridlarni amalga oshirdi. Quyida xorijdan sotib olingan eng yaxshi futbolchilar tarnsferi bilan tanishasiz.

Alvaro Morata. «Yuventus»dan «Real Madrid»ga. 30 mln evro.

Zidanning tarkib borasida yangona muammosi Karim Benzemaga munosib raqobatdosh topish edi. «Real» bu muammoni osonlik bilan hal qildi. Italiyada porlagan o‘z tarbiyalanuvchisini Madridga qaytardi.

Niko Gaytan. «Benfika»dan «Atletiko»ga. 25 mln evro.

Diego Simeone 28 yoshli bu futbolchini Arda Turonning o‘rnida ko‘rishni istadi. Transfer bir yil kechikib amalga oshgan bo‘lsa-da, argentinalik futbolchi universalligi bilan turk futbolchisining Madrid jamoasidagi etishmovchiligini qoplash kuchiga ega.

Samyuel Umtiti. «Lion»dan «Barselona»ga. 25 mln evro.

«Barselona» muxlislari uzoq orzu qilgan markaziy himoyachi. Ha, o‘sha, ishonchli, kuchli, umidli himoyachi.

Ezekiel Garay. «Zenit»dan «Valensiya»ga. 20 mln evro.

Himoyadagi asosiy futbolchilarini sotib yuborgan «Valensiya» transfer oynasini qandaydir xarid bilan yopishi kerak edi. So‘nggi daqiqalardan Rossiya ligasidan nomzod topildi. Harqalay ancha nomdor himoyachi, valensiyaliklarga asqotishi aniq.

Lyuka Din. «PSJ»dan (o‘tgan mavsumni “Roma”da ijara o‘tkazgan) «Barselona»ga. 16.5 mln evro.

Alba uchun munosib raqobatchi. Mavsum oralig‘ida Lyuka Din yangi taklif etilganlar ichida eng yorqin o‘yin ko‘rsata oldi.

Franko Vaskes. «Palermo»dan «Sevilya»ga. 15 mln evro.

O‘z vaqtida Paulo Dibalaga munosib tandem bo‘la olgan bu futbolchi muqaddam Ispaniyada – «Rayo»da to‘p surgan. Dastlabki taassurotlarga ko‘ra, bu futbolchi Sampaolining «Sevilya»siga mos keladi.

Roberto Soriano. «Sampdoriya»dan «Vilyarreal»ga. 14.1 mln evro.

Bir yil avval bu futbolchi «Napoli» a’zosi bo‘lishi kerak edi, ammo so‘nggi pallalarda transfer amalga oshmay qoldi. «Sampdoriya»da bir yil ushlanib qolgan futbolchi endi La Liga jamoasiga qo‘shildi.

Ganso. «San-Paulu»dan «Sevilya»ga. 9.5 mln evro.

O‘z vaqtida «Santos»da to‘p surgan bu futbolchini Neymardan kam muhokama qilishmasdi. Ma’lum muddat u omma nazaridan chetda qoldi, mana yana u jiddiy klubda paydo bo‘ldi. Avvalgi Ganso paydo bo‘lsa, La Ligada yana bir iqtidor egasining o‘yinidan bahra olamiz.

Nani. «Fenerbaxche»dan «Valensiya»ga. 8.5 mln evro.

30 yoshli portugaliyalik futbolchiga juda katta mas’uliyat yuklanadi bu mavsum. Endi u «Valensiya» etakchilaridan biri.

Aleshandre Pato. «Korintians»dan «Vilyarreal»ga. 3 mln evro.

Endi 27 yoshga kirgan bo‘lsada, futbol maydonida faxriylardan biriga aylangan Pato o‘zligini qidirishda davom etyapti. Italiyadan ketib, Braziliya, Angliyada o‘ynadi. Endi esa La Ligaga umid bilan keldi. Balki uning ikkinchi yoshligini shu erda kutib olarmiz?

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar