Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.09.2016

Xayrula Hamidov maqolasi: "Millat futboli"

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 69
Xayrula Hamidov maqolasi: "Millat futboli"

Otib tashlasangiz ham shu fikrimda qolaman – Futbol jamoaviy o‘yin. Undagi g‘alaba har qanday yakkakurashlardan kuchliroq va ta’sirliroqdir. Ayniqsa, og‘ir paytlarda bir sportchiga bog‘liq turlardan ko‘ra jamoaviy o‘yinlardagi muvaffaqiyatlar millatni ovutadi, birlashtiradi va oldinga undaydi. Ko‘pchilik bo‘lib ko‘p narsalar qila olamiz, degan aniq bir yo‘lga olib chiqadi.

Hammasi birvarakayiga keldi. Olimpiyachilarimizning misli ko‘rilmagan g‘alabalari va uning natijasida gullarga burkangan Toshkent... Bor-yo‘g‘i o‘n kundan so‘ng o‘sha bog‘da yonma-yon o‘sgan gullar boshqa vazifani bajardi. O‘zbekiston motam libosini kiydi. Sentyabrning ilk oqshomi butun mamlakat g‘alati, tushunuksiz holatda qoldi. Umid otlig‘ tuyg‘uga ilashib yashayotgan edi hamma. Shu sababdan bo‘lsa kerak, “Bunyodkor” stadioniga kelganlarning aksarida bu holatning aksi namoyon bo‘ldi. Ko‘pchilik g‘alati kayfiyatda edi. Hammaning ichini nimadir tirnardi. Bu holatga ruschasi chiroyli yangraydigan bir jumla mos tushardi: “Ne do futbola!”

Shunaqa-kuya, lekin stadionga kelganingizdan keyin baribir futbolchilarga qo‘shilib ketar ekansiz. Vaziyatlarni diqqat bo‘lib kuzatasiz ekan, salga qizishib ketasiz ekan, golli vaziyatlarda muallifiga qo‘shilishib hayqirasiz va yoningizdagi odamni telbalarcha quchoqlab olasiz ekan. Bu holat shu qadar tanishki, uydagi musibatdan qutulish uchun ham futbol tomosha qilgani stadionga kelgan va shu bahona futbol atalmish jozib o‘yinga muxlis bo‘lib qolganlarni eshitganmiz. Ularning xotirasiga o‘sha voqea hamisha muhrlanadi: Musibat va futbol!

Suriyaga qarshi o‘yinimiz bo‘layotganda-ku, hali umid sharpasi mavjud edi, ammo Qatardagi o‘yin o‘sha umiddan so‘ng sizib kirgan ayriliqning nigohi bilan boshlandi. Bir daqiqa sukut bilan boshlandi. O‘z sohamdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsam, Dohadagi o‘yin umuman yoqmadi, aniqrog‘i, har doimgidek birinchi bo‘limni eng yomon qirq besh daqiqaliklarimiz sirasiga kirita olaman. Lekin gap shunda ediki, men bu o‘yinni oldingi bahslardagidan farqli ravishda sohamdan kelib chiqib emas, O‘ZBEKISTONLIGIMdan kelib chiqib tomosha qildim. Menga bu yigitlarning qanday o‘ynashi endi farqsiz bo‘lib qolgandi. Taktika va yana allambalo tahlillarning zarurati ikkinchi darajaga tushib ketgandi. Men faqat bitta narsani tushunardim: Bugun nima qilib bo‘lsa ham g‘alaba qozonishimiz kerak. Bo‘ldi! Bir daqiqalik sukut bilan boshlangan o‘yinda mag‘lubiyatga uchrash mumkin emas, deb hisoblardim, tamom! Shu bois ham, boshqa o‘yinlarni kuzatganim singari bu bahsni asabiy holda kuzatmadim. Kimdir, nimadir qilib gol urishini ich-ichimdan his qilib o‘tirdim. Bu o‘yinda Qatardan kuchli jamoa bo‘lsa ham, biz esa, bundan yomon o‘ynasak ham engardik, deb o‘yladim va bu qarorim o‘ta qat’iy edi negadir. Yutdik. Sashaning ajoyib harakatlari va xuddi oldingi o‘yinlardagidek bo‘ydor himoyachilarimizning bu uzatmaga “labbay” deyishlari...

Odamda sezish qobiliyati bo‘ladi. Bu qobiliyat ham har doim ishlayvermaydi. Ko‘proq dardga chulg‘anib qolgan lahzalarda o‘z bo‘yini ko‘rsatsa kerak. Tashvishli onlar insonning shu’urini bulutlardan teparoqqa ko‘taradi, deb bejizga aytishmagan-da... Shu golga qadar ikki terma jamoa ma’joziy ma’noda sukut saqlashdi. Ko‘rdingiz. Gohida to‘p darvoza ustuniga tegsa, gohida Lobanovning qo‘lini topib keldi. Hammasini indamay tomosha qildik va oxirida gol urishi lozim bo‘lgan jamoa o‘z so‘zini aytdi. Baribir. Omad kuchlilarga kulib boqadi, degan gap bor. Bu naql ham aslida nisbiy. Ba’zan kuchsizroq o‘ynaganlar ham engib ketadi. Dohadagi bahsda esa, omad kimga kelishini yaxshi bilardi. Mezbonlarni alqashga haqqi yo‘q edi.

Omadni bergan Zot shu qadar bizni do‘sti qilib olgandiki, ikki-uch soat oldin narigi ikki o‘yinni ham duranglarga burkab tashladi. Vaholanki, ikkala o‘yinda ham aniq favorit va aniq autsayder bor edi. Natijada, birinchi o‘ringa chiqib oldik. Uyimizda qatorasiga ikki o‘yinni o‘tkazishimizni hisobga olsak, yilni shu o‘rinda tugatishimiz ham mumkin. Hay, bular-ku keyingi ishlar va ularning hozirgi holatga u qadar aloqasi ham yo‘q. Yuqorida aytganim, futboldagi muvaffaqiyat millat uchun juda zarur edi. Shu, xolos. Nega desangiz, yuu sport turida bir yigit engmaydi, butun jamoa engadi. To‘qson daqiqa elkama-elka o‘ynagan, bir-birining holatini yaqindan tushungan, birisi aka, birisi uka bo‘lgan yigitlar bir jamoaga aylanib engadilar. Butun o‘yin davomida bir-birlariga tinmay dalda beradilar, xatolarini yopadilar, gol bo‘lsa, hammalari bir-birlarini quchoqlab ketadilar. Ushbu onlarda golni kim urganiyu, unga kim oshirgani hech kimni qiziqtirmaydi. Keyin boshlanadi hammasi: kim oshirdi, kim urdi, takroriy lavhani ko‘rish kerak, degan gap-so‘zlar... Keyinchalik gazeta sahifalarida qay bir o‘yinchi “xaloskor” yo “gol muallifi” deb yozilar, ammo bu g‘alaba hammaniki - maydonda o‘ynagan, hattoki o‘ynamasdan zaxira o‘rindig‘ida tomoshabindan qolishmagan yigitlarniki ham hisoblanadi, sezganmisiz shuni? Uning tepasida turgan murabbiy-da o‘sha jamoaning bir bo‘lagiga aylanib ketadi. Engilsa aybdor sanaladigan murabbiy g‘alaba onlarida jamoaning oddiy bir vakiliga do‘nadi, eshityapsizmi, oddiy vakilga..?!

G‘alabalar ham har xil bo‘ladi. Aslini olganda, bundan-da irodali g‘alabalar shohidi bo‘lganmiz. Bundan o‘n karra chiroyli o‘ynab enggan o‘yinlarimiz ham bor. Biroq, Dohadagi g‘alaba ulardan bir jihati bilan farq qilib qoladi endi: Bu g‘alaba maydonda o‘ynagan terma jamoamizninggina g‘alabasi emas, bu chin ma’noda O‘ZBEKISTONning g‘alabasiga aylandi. Tom ma’oda. Chunki boshqa hech qaysi o‘yinda GOL BUNDAY NIShONLANMAGAN! Ishonavering, butun mamlakat golni bir xil nishonladi...

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar