Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.09.2016

Xose Mariya Mendez: «Kolumbiyaga qarshi bahsda aniqroq, tezroq va tajovuzkor o‘ynashga harakat qilamiz»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 45
Xose Mariya Mendez: «Kolumbiyaga qarshi bahsda aniqroq, tezroq va tajovuzkor o‘ynashga harakat qilamiz»

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez ertaga bo‘lib o‘tadigan Kolumbiyaga qarshi o‘yin oldidan jurnalistlarning savollariga javob berdi.
Mendezning fikricha, bu galgi uchrashuv Panama bilan o‘yinga nisbatan qiyinroq kechadi. Shunga qaramay, O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining eng yaxshi o‘yinini namoyish qilishni niyat qilmoqda.

«Birinchi o‘yinda yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan xatolar qildik. Yomon o‘ynamadik, ammo o‘z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Raqibga esa ko‘p imkoniyatlar berib qo‘ydik. Kolumbiyaga qarshi ertaga bo‘ladigan o‘yin yanada qiyinroq bo‘ladi. Boisi, bizga qarshi juda kuchli jamoa to‘qnash keladi. Kolumbiya avvalgi jahon chempionatining yarim finaliga qadar etib borgan», - deya kirish so‘zi bilan ishtirok etdi Mendez matbuot anjumanida.

«Kolumbiya safida ko‘plab yuqori saviyali o‘yinchilar bor. Ular yaxshi texnika evaziga har qanday raqibni mag‘lub etishlari mumkin. Agar Panamaga qarshi bahsda bo‘lganidek o‘ynasak, albatta jazolanamiz. Shu bois, biz aniqroq, tezroq va tajovuzkorroq bo‘lishga harakat qilamiz. Ha, bizga oson bo‘lmaydi, lekin biz bu erga turist sifatida kelmaganimizni isbotlashni istaymiz. Jahon chempionatida raqib kim bo‘lishidan qat’i nazar undan qo‘rqish kerak emas. Panamaga qarshi o‘yin tarixda qoldi, biz bor e’tiborimizni Kolumbiyaga qarshi o‘yinga qaratganmiz», - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar