Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.09.2016

Arni Fonnegra: «O‘zbekiston vaziyatlardan foydalana olmagani uchun Panamaga yutqazdi»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 40
Arni Fonnegra: «O‘zbekiston vaziyatlardan foydalana olmagani uchun Panamaga yutqazdi»

Futzal bo‘yicha Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Arni Fonnegra O‘zbekistonga qarshi bo‘lib o‘tadigan 2-tur bahsi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
«Afsuski, Portugaliyaga qarshi bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yinning so‘nggi soniyasida g‘alabani qo‘ldan chiqardik. Portugaliyaning qanday kuchga ekanini inobatga olsak, durang natija ham yomon emas».

«O‘zbekiston terma jamoasi juda yaxshi jamoa. Ular birinchi o‘yinda yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Faqat vaziyatlardan foydalana olmaganlari uchun Panamani mag‘lub eta olmadilar. Umuman olganda, Mendez boshqaruvida barqaror jamoa shakllangan. Raqib jamoa safida kimnidir ajratib ko‘rsata olmayman, ular aynan jamoa sifatida kuchli. O‘zbekiston o‘yin davomida o‘z taktikasi va o‘yin uslubini yo‘lga qo‘ya oladi. Balki, darvozabonning harakatlarini ajratib ko‘rsatish mumkindir. U juda kuchli reaktsiyaga ega».

«O‘zbekiston bizga qarshi qanday o‘ynashini taxmin qilmayman. Lekin ertangi o‘yinda bizni faqat g‘alaba qanoatlantirishini aytishim mumkin. Kolumbiya xalqini xursand qilish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Jahon darajasida musobaqa bizda o‘tayotgan ekan, biz maksimal natija ko‘rsatish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmasligimiz kerak», - deydi Arni Fonnegra.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar