Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.09.2016

Rustam Umarov: «Terma jamoamiz oxirigacha kurashadi»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 43
Rustam Umarov: «Terma jamoamiz oxirigacha kurashadi»

O‘zbekiston futzal terma jamoasi darvozaboni Rustam Umarov JChning 1-turida Panamaga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga qaramay, taslim bo‘lmoqchi emas.
O‘zbekiston terma jamoasini oldinda musobaqa mezboni — Kolumbiya terma jamoasi hamda jahon futzal yulduzlaridan biri RikardiShno boshchiligidagi portugaliyaliklarga qarshi bahs kutib turibdi.
«Biz Panamani mag‘lub etishni va O‘zbekiston tarixidagi ilk jahon chempionatini g‘alaba bilan boshlashni juda ham istagandik. Shu bois, motivatsiya borasida bizda muammo bo‘lmadi. Aksincha, maydonchaga chiqib, tezroq gol urishga harakat qildik. Nazarimda, shoshma-shosharlik bizga xalal berdi. Oqibatda kerak bo‘lmagan xatolarga yo‘l qo‘ydik va kerakli natijaga erisha olmadik», - deydi 32 yoshli darvozabon.

«Oldimizda jiddiy raqiblarga qarshi o‘yinlar kutib turganini barchamiz his qilib turibmiz. Kolumbiya — avvalgi jahon chempionatining yarim finalchisi. Boz ustiga, u musobaqa mezboni. Portugaliya — Evropaning kuchli jamoalaridan biri. Uning tarkibida RikardinSho va Kardinal kabi jahon futzal yulduzlari bor. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi birinchi tur o‘yini yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Kolumbiyaga tashrif buyurishdan avval qanday raqiblarga qarshi o‘ynashimizni bilardik. Bu jahon chempionati va bu erda kuchsiz raqiblar bo‘lmaydi. Shu bois, biz qolgan ikkita uchrashuvda o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni namoyish qilib, kerakli ochkolarni jamg‘armoqchimiz. Ishonchim komil, kimga qarshi o‘ynashimizdan qat’i nazara terma jamoamiz oxirigacha kurashadi», - qo‘shimcha qildi Umarov.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar