Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.09.2016

Paralimpiada-2016. Bozorov va Xorlin bronza medallariga sazovor bo‘lishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 27
Paralimpiada-2016. Bozorov va Xorlin bronza medallariga sazovor bo‘lishdi

Paralimpiya o‘yinlarining navbatdagi kunida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga ikkita bronza medallari yozildi.
Pauerlifting bo‘yicha 80 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etgan Ahror Bozorov bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Hamyurtimiz dastlabki ikki urinishda 195 va 200 kilo shtangani ko‘tara olmadi. Shunga qaramay, u uchinchi urinishda 207 kg.ga buyurtma berdi va uni ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi. Bu esa unga 3-o‘rinni taqdim etdi.
Eronlik Farzin Majid 240 kg. shtangani ko‘tarib, jahon rekordini o‘rnatgan holda oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin xitoylik Siofey Guga nasib etdi.
Suzish sport turidan navbatdagi medal mamlakatimizga taqdim etildi. Dmitriy Xorlin 400 metrga erkin uslubda suzish bo‘yicha saralashdan o‘tib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Hamyurtimiz ilk metrlardanoq kuchli uchlikda bordi va finishga 3-o‘rinda etib keldi. U masofani 4:06.63 vaqtda bosib o‘tdi. Bu yo‘nalishda oltin va kumush medallar belaruslik Ixar Boki va ukrainalik Yaroslav Denisenkoga nasib etdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi umumiy medallar soni 23taga etdi. Shulardan 6tasi oltin, 4tasi kumush va 13tasi bronza medallaridan iborat. Davlatimiz medallar jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar