Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

12.09.2016

Zlatko Dalich: "Ertaga haqiqiy jang bo‘ladi"

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 73
Zlatko Dalich: "Ertaga haqiqiy jang bo‘ladi"

Osiyo chempionlar Ligasi-2016 chorak finali javob uchrashuvlari doirasidagi “Lokomotiv” – “Al-Ayn” uchrashuvi oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Uning birinchi qismida mehmonlar murabbiyi Zlatko Dalich ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob berdi.

"Biz Toshkentga chiroyli o‘yin ko‘rsatib o‘zimiz uchun ijobiy bo‘lgan natijani qo‘lga kiritish uchun kelganmiz. Ertaga ikkinchi o‘yin. Birinchi o‘yinda 0:0 hisobi qayd etildi. Menimcha ertaga ikkala jamoada ham imkoniyatlar teng. "Lokomotiv"ni juda hurmat qilamiz. Ular hozir O‘zbekiston chempionatida birinchi o‘rinda boryapti va yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Lekin men o‘z futbolchilarimga ishonaman va ertaga biz o‘zimizga kerakli natijani qo‘lga kiritamiz deb umid qilaman".

“Lokomotiv” noqulay raqib deb atamagan bo‘lardim.Juda kuchli raqib. Buni bilamiz. Ular o‘z saflariga bir necha tajribali futbolchilarni qo‘shib olishdi. Jamoa safida OChLda tajriba to‘plagan ko‘plab futbolchilar bor. "Lokomotiv" mavsum o‘rtasida, ular yaxshi sport formadalar. Ular guruh bosqichini birinchi o‘rin bilan yakunlab, keyingi bosqichda "Al- Hilol"dek kuchli raqibni mag‘lub etishdi. Ammo men shogirdlarimga ishonaman.

“Kayoni transfer oynasi yopilishiga oz qolganida sotib oldik. Qisqa vaqt ichida yosh futbolchi tezda o‘yinga qo‘shilib keta olmaydi. Birinchi o‘yindagi harakatlaridan qoniqdim. Ammo uning yaxshi o‘yinlari oldinda”.

“Albatta har qanday mag‘lubiyat doim og‘ir. Bizning mamlakat kubogi doirasidagi “Al-Ahli”dan 5:1 hisobida mag‘lub bo‘lganimizni oqlab bo‘lmaydi. Ammo o‘sha bahsda biz 8 nafar asosiy futbolchi xizmatidan foydalanolmadik.

Ertangi o‘yinga o‘sha mag‘lubiyatni unutgan holda maydonga tushamiz. Bizning raqibimiz tartibli o‘yin ko‘rsatadigan, tajribali futbolchilardan iborat bo‘lgan, yaxshi o‘yin ko‘rsatadigan jamoa hisoblanadi”.

“Men doim "Al-Ayn" bilan Toshkentdan yaxshi natijalar bilan qaytganman. Bu yil "Nasaf" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadik, o‘tgan yili "Paxtakor"ni 1:0 hisobida mag‘lub etgandik. Gevorkyan yaxshi futbolchi, bundan tashqari "Paxtakor"da o‘ynagan Kaxi Maxaradze ham hozir "Lokomotiv"da o‘ynamoqda. Gevorkyan "Nasaf" sardori va eng kuchli futbolchisi edi. Lokomotiv uchun bu yaxshi transfer bo‘ldi. Ammo ertaga bir futbolchiga qarshi emas 11 nafar futbolchidan iborat butun boshli “Lokomotiv”ga qarshi o‘ynaymiz.

Ertaga maydonda haqiqiy jang bo‘ladi. Bu “jang”da birgina xato masalani hal qiladi”.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar