Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

11.09.2016

“Nasaf-2″ yana bir g‘alabasini nishonladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 113
“Nasaf-2″ yana bir g‘alabasini nishonladi

Mamlakatimiz futbol maydonlarida bugun ham O‘zbekiston birinchiligining 25-tur uchrashuvlari davom ettirildi.

O‘zbekiston birinchiligida ishtirok etayotgan “Nasaf-2” jamoamiz o‘z maydonida bo‘lib o‘tgan bu tur uchrashuvida, Namangan viloyatining “Kosonsoy” jamoasi bilan bahs olib bordi.

Uchrashuv boshlanishi oldidan, buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning so‘nmas xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

Nurali Sultonov shogirdlari uchrashuv boshidan katta tashabbus bilan harakat qilishdi. “Kosonsoy” jamoasi ham Qarshiga ochko olib ketish maqsadida kelganini o‘yinda namoyish qildi. Ular jamoamizning uyushtirgan hujumlarini samarasiz yakunlanishiga astoydil harakat qilishdi.

O‘yindagi hisob 16-daqiqada G‘olib G‘aybullaev tomonidan ochildi – 1:0. Hisobni tenglashtirish uchun bor kuchlari bilan harakat qilgan mehmonlar oradan to‘rt daqiqa o‘tib, 20-daqiqada o‘z maqsadlariga erishdilar. Islomjon Ismoilov javob to‘piga mualliflik qildi -1:1.

Hisob tenglashgach maydonda kurash yanada qizg‘in davom etdi. Hisobda oldinga o‘tib olish uchun jamoamizda bir necha qo‘lay vaziyatlar paydo bo‘lgan bo‘lsada, birinchi bo‘lim so‘nggi daqiqalarigacha hisob o‘zgarmasdan qolaverdi.

O‘yinchilarimiz bari-bir 41-daqiqaga kelib o‘z maqsadiga erishdilar, tashkil etilgan navbatdagi hujumni Ilhomjon Alijonov gol bilan yakunlashga erishdi – 2:1.

Jamoalar ana shu hisobda tanaffusga chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘limda “Kosonsoy” jamoasining o‘yini biroz kuchaygandek bo‘ldi, bu hisobda ham o‘z aksini topdi. Sardor Telyakov 58-daqiqada hisobni yana tenglashtirishga erishdi – 2:2.

Albatta, o‘z maydonida o‘ynayotgan jamoamizni bu hisob aslo qoniqtirmasdi. Shuning uchun futbolchilarimiz keyingi daqiqalarda bor e’tiborlarini hujumga qaratishdi. Ammo yaratilgan ko‘pgina vaziyatlar samarasiz yakunlanaverdi. O‘yin shunday davom etayotgan bir paytda, o‘ng qanotdan uyushtirilgan hujumni Javohir Ashurov gol bilan yakunladi. 73-daqiqada uning o‘ng qanotdan, jarima maydoniga etmasdan tepgan kuchli va aniq zarbasi golga aylandi – 3:2.

Bu hisobdan keyin maydonda kurash yanada avj oldi. Qolgan daqiqalarda gol urish uchun “Kosonsoy” jamoasida ko‘proq imkoniyatlar bo‘ldi. Jamoamiz esa himoyada harakat qilishga majbur bo‘ldi. Bu vaziyatlarda darvozabonimiz Javohir Komilovning harakatlarini alohida ta’kidlab o‘tish kerak, u jamoamizning g‘alabasini saqlab qolishda o‘zining munosib hissasini qo‘shdi.

Shunday qilib, “Nasaf-2” jamoamiz navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Nurali Sultonov qo‘l ostidagi “Nasaf-2” jamoamiz navbatdagi tur uchrashuvini ham o‘z maydonida o‘tkazadi. Bu uchrashuv “Xotira-79” jamoasiga qarshi bo‘ladi. Uchrashuv 14 sentyabr chorshanba kuni o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Birinchiligi, 25-tur. 11.09.2016

“Nasaf-2” (Qarshi) – “Kosonsoy” (Kosonsoy) 3:2 (2:1)

Qarshi sh. “Nasaf” FM sun’iy maydoni, 17:00da
Bosh hakam: Shuhrat Rajabov (Buxoro)

Hakamlar: Nikita Afinogenov (Toshkent), Sultanmurod Abdurahmonov (Toshkent)

Zaxira hakami: Ravshan Abduvohidov (Qarshi)
Nazoratchi: Viloyat Najafaliev (Toshkent).

Gol: G‘olib G‘aybullaev, 16’-1:0, Ilhomjon Alijonov, 41’-2:1, Javohir Ashurov, 73’-3:2 – Islomjon Ismoilov, 20’-1:1, Sardor Telyakov, 58’-2:2,

“Nasaf-2”: Javohir Komilov (s), 10.Sirojiddin Ettiboev (8.Shoxruh Ne’matov 90), 16.G‘olib G‘aybullaev, 17.Dostonbek Berdiqulov, 19.Javohir Ashurov, 20.Dilshod Saitov, 24.Sherzod Nasrullaev, 27.Oybek Bozorov (28.Jahongir Qurbonboev 46, 33.Shaxboz Erkinov 85), 32.Jo‘rabek Mannonov, 34.Ilhomjon Alijonov, 42.Samandar Shukrullaev (9.Shamsiddin Sagdullaev 61).

Zaxira: 21.Elshod Qodirov, 5.Botirjon To‘raev, 22.Elbek Otaqulov.

“Kosonsoy”: 33.Amir Ergashev, 4.Mirjamol Jamolov (s), 15.Nodirxon Adamxonov, 5.Abbosxon G‘ulomov (18.Davronbek Mahmudov), 7.Amon-Biik Xalilov, 3.Sanjar Toshpo‘latov, 6.Farruxbek Abduraximov (19.Bahodir Baxtiyorov ), 2.Islomjon Ismoilov, 8.Doniyor Imomov (13.Jasur Jaynakov 87), 10.Boburjon Mamadjonov (17.Anvarjon Hojimirzaev 46), 11.Sardor Telyakov (23.Shohruhmirzo Ahmadaliev 63).

Zaxira: 1.Shavkatjon karimov, 9.Sherzod Xalimboev.

Ogohlantirish: Sherzod Nasrullaev 25, G‘olib G‘aybullaev 68 – Mirjamol Jamolov 15, Boburjon Mamadjonov 18.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar