Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

11.09.2016

"Orol" o‘z maydonida "G‘ijduvon"ga imkoniyatni boy berdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 65
"Orol" o‘z maydonida "G‘ijduvon"ga imkoniyatni boy berdi

Birinchi liganing 25-turida Nukusning "Orol" jamoasi o‘z maydonida Buxoroning "G‘ijduvon" jamoasini qabul qildi.
O‘yinning to‘rtinchi daqiqasidayoq Kuranbaev mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 33 daqiqada katta sahnaga hakama chiqdi. U mezbonlar darvozasiga 11 metrlik jarima to‘pi belgiladi. Otaqulov yo‘llagan zarbani "Orol" posboni qaytargan edi. Biroq hakam darvozabon o‘z joyini tark etdi deb hisoblab, penaltini qaytadan amalga oshirish lozimligini ko‘rsatdi. Mehmonlar futbolchisi takroriy zarbada adashmadi va hisobni 0:2 ko‘rinishiga olib keldi.
Ikkinchi taymda mezbonlar o‘yinni kuchaytirishdi. Jamoa to‘purari Navro‘z Xaipov hisobni qisqartirdi. Biroq oradan 3 daqiqa o‘tgach Atadjanov hisobni 1:3 ko‘rinishiga olib keldi. Shu tariqa, "G‘ijduvon" Nukusdan 3 ochko bilan qaytdi.
Uchrashuvni boshqarib borgan bosh hakam F. Narsafarovga juda ham ko‘p e’tirozlar bo‘ldi. Afsuski Birinchi ligada hakamlaarning saviyasi borasida hali beri maqtana olmasligimiz aniqqa o‘xshaydi.
O‘yinga muxlislar sonining kam kelishiga 2 ta sabab bor. Birinchisi, uchrashuv 12-tsentyabrdan 11-tsentyabrga ko‘chirilgani edi. Ko‘pchilik tomoshabinlar o‘yin sanasi o‘zgarganidan bexabar qolib ketishdi.
Ikkinchisi uchrashuv vaqtining oldindan aytilmasligi. Yaxshi bilamizki, Oliy ligada o‘yinlar boshlanish vaqti haqida PFL rasmiy saytida xabar beriladi. Agar Birinchi liga o‘yinlarining boshlanish vaqtlari haqida ham ma’lumotlar berib borilsa, stadionga tashrif buyuradigan muxlislar soni biroz bo‘lsa ham oshgan bo‘larmidi.
«Orol» (Nukus) – «G‘ijduvon» (G‘ijduvon) – 1:3. 923 tomoshabin.
Hakamlar: F. Narsafarov (Qarshi) - 8,4, f. Usmanov (Qarshi) – 8,0, Z. Elibaev (Qarshi) – 8,3, B. Kannazarov - 9
Inspektor: X. Muxtarov (Samarqand).
Gollar: N. Xaipov (68) – M. Kuranbaev (4), M. Otakulov (33, penalti), D. Atadjanov (71).
Ogohlantirishlar: R. Musaev (6), E. Jamiev (11), M. Kannazarov (20), Sh. Bekimbetov (31) – I. Ilin (53), S. Danishev (73).
Chetlatish: R. Musaev (ikkinchi ogohlantirish, 68).
Furqat Yusupov
Manba: KRuz.uz

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar