Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

11.09.2016

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Goada Avstraliya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 86
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Goada Avstraliya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi

15 sentyabrda start oladigan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun jo‘nab ketgan O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Hindistonda Avstraliya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.

9 sentyabrSh tunida Hindistonga yo‘l olgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Deli orqali Goa shahriga 10 sentyabrda, tushdan keyin etib bordi. Bugun, 11 sentyabrSh kuni esa jamoa Avstraliya o‘smirlariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Temur Olimxo‘jaev boshchiligidagi jamoadan gollarga Xumoyun Abdusattorov hamda Abubakr Mo‘ydinov mualliflik qilishdi. Abdusattorov uchashuvning 20-daqiqasida o‘z hisobiga gol yozib qo‘ygan bo‘lsa, Mo‘ydinovning goli 65-daqiqada kiritildi.

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati final bosqichining “D” guruhidan o‘rin olgan. Ushbu guruhda ularga Shimoliy Koreya, Tailand va Yaman jamoalari raqiblik qiladi. O‘zbekistonliklar turnirni 17 sentyabrSh kuni Tailandga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining Osiyo chempionati guruh bosqichidagi o‘yinlari taqvimi:
17 sentyabrSh: O‘zbekiston – Tailand (19:30)
20 sentyabrSh: Yaman – O‘zbekiston (15:30)
23 sentyabrSh: KXDR – O‘zbekiston (18:30)
*O‘yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan

O‘rtoqlik uchrashuvi
O‘zbekiston - Avstraliya 2:3
O‘zbekiston gollari: Xumoyun Abdusattorov (20), Abubakr Mo‘ydinov (65)
O‘zbekiston tarkibi: Xojiakbar Jo‘raev, Islom Karimov, Muhammadali Namozov, Shoxzamon Xayrullaev, Nursulton Kuyliboev, Burhon Hasanov, G‘ayrat Azizxo‘jaev, Xumoyun Abdusattorov, Abdulxay Ismoilov, Shuhrat Ne’matov, Ibrohim G‘anixonov
Zaxira: Abduvohid Ne’matov, Jasurbek Umrzoqov, Mardon Abdullaev, Abubakr Mo‘ydinov, Ixtiyor Xoldorov, Abdug‘ani Komolov, Rasul Yo‘ldoshev, Asadbek Sobirjonov, Oston O‘runov, Baxromjon Soatov, G‘ayrat Azizxo‘jaev, Doniyor Abdumannopov.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar