Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

11.09.2016

Futzal. O‘zbekiston JChni mag‘lubiyat bilan boshladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 50
Futzal. O‘zbekiston JChni mag‘lubiyat bilan boshladi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk bahsida mag‘lubiyatga uchradi.
Panamaga qarshi uchrashuvni terma jamoamiz bexato o‘tkazishga harakat qildi. O‘yin boshida Mendez shogirdlari asosan himoyada o‘ynab, raqibning xato qilishini kuta boshlashdi. Birinchi bo‘limning ikkinchi yarmida avval Davron Choriev, so‘ngra Dilshod Irsaliev birga bir vaziyatga chiqib borib, zarba yo‘llashdi. Har safar to‘p bitta ustunga tegib qaytdi. "Sen urmasang, senga urishadi" — Kastrellon jamoadoshi bilan "devor" o‘ynadi hamda yakkama-yakka vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi.
Birinchi bo‘lim so‘ngida Umarov raqib darvozasi oldida yolg‘iz turgan Yunusovga to‘pni aniq otib berdi. Artur to‘pni egalladi va darvoza tomon zarba berdi. Panama darvozani mahorat bilan o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Ikkinchi bo‘limda Yunusov yana shunday vaziyatda darvozani ishg‘ol qila olmadi. Panamaliklar bizning darvoza oldida pressing uyushtirayotganida futbolchilarimiz vaziyatdan chiqib ketishdi va Irsaliev yakkama-yakka vaziyatda zarba berdi. Bu safar to‘p darvozabonning oyog‘i orqali to‘singa tegib qaytdi!
Ikkinchi taym o‘rtalarida Davron Choriev qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘pni raqibga oldirib qo‘ydi. Ikki nafar panamalik futzalchi imkoniyatdan samarali foydalandi, 0:2.

Bahs tugashiga 4-5 daqiqa qolganida Xose Mariya Mendez taym-aut olib, beshinchi o‘yinchi taktika o‘tishni rejalashtirdi. Biroq raqibning yuqori pressingi oqibatida Javlon Anorov darvozamiz oldida to‘pni raqiblarga oldirib qo‘ydi va hisob 0:3 o‘zgardi.
Uchrashuvning qolgan daqiqalarini beshinchi futbolchi taktikasi asosida o‘tkazdik va bir marta raqib darvozasini ishg‘ol qildik. O‘zbekistonning jahon chempionatidagi ilk goli Javlon Anorovga yozildi.
Umuman olganda, terma jamoamiz biroz tajribasizligi va yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmagani uchun ilk o‘yinda yutqazdi. Jamoamiz keyingi o‘yinni 3 kundan so‘ng Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi.

Futzal bo‘yicha Jahon chempionati, "A" guruhi, 1-tur
O‘ZBEKISTON - PANAMA - 1:3 (0:1)
Gollar: Javlon Anorov (38'17'') — Kastrellon (15'57''), De Leon (29'34''), Mena (35'33'')
Ogohlantirishlar: Dilshod Irsaliev (33), Javlon Anorov (34) — Braun (19), Rivas (31)
O‘zbekiston: 1.Rustam Umarov, 7.Dilshod Rahmatov, 8.Farhod Abdumavlonov, 11.Artur Yunusov (S), 14.Konstantin Sviridov
Zaxira: 12.Akmal Hazratqulov, 2.Dilshod Irsaliev, 3.Nodir Eliboev, 4.Xurshid Tojiboev, 5.Davron Choriev, 6.Odilov, 9.Hamroev, 10.Javlon Anorov, 13.Feruz Faxriddinov,
Panama: 12. Londono, 3.Xinks, 5.Mena, 6.Rivas (S), 8.S.Peres
Zaxira: 1. Atensio, 13. Viktoriya, 2. Braun, 4.J.Peres, 9. Sanches, 10. De Leon, 11. Kastrellon, 14.Kastilo

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar