Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

11.09.2016

Paralimpiada-2016. Besh nafar dzyudochilarimiz medallarni qo‘lga kiritishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 77
Paralimpiada-2016. Besh nafar dzyudochilarimiz medallarni qo‘lga kiritishdi

Bugun paralimpiya o‘yinlarining dzyudo musobaqalarida ishtirok etgan 5 nafar o‘zbekistonlik sportchilarning barchasi medallarga sazovor bo‘lishdi.
Oltin medal
Erkaklar o‘rtasida eng og‘ir vazn (+100 kg) toifasida ishtirok etgan Odiljon Tulendibaev barcha raqiblarini ippon bahosi bilan mag‘lub etdi. Hamyurtimiz dastlabki saralash bosqichida AQShlik dzyudochini 1:42 daqiqada, chorak finalda ozarboyjonlik sportchini 1:55 daqiqada, yarim finalda yaponiyalik Kento Masakini 7 soniyada, finalda esa braziliyalik Silva de Arauxoni atigi 2 soniyada mag‘lubiyatga uchratdi.

Kumush medal
Ayollar o‘rtasida 70 kg.dan ortiq vaznda ishtirok etayotgan Hayitjon Alimova kumush medalga ega chiqdi. Hamyurtimiz finalga qadar tailandlik va belaruslik sportchilarni mag‘lub etib, hal qiluvchi bahsda xitoylik Yan Ping Yuanga imkoniyatni boy berdi.
Bronza medal
Ayollar o‘rtasida 70 kg.gacha vaznda ishtirok etayotgan Gulruh Rahimova bronza medalini qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz ilk bahsdayoq meksikalik raqibga yutqazdi. Shundan so‘ng bronza medali uchun kechgan janglarda xitoylik va vengriyalik dzyudochilarni mag‘lubiyatga uchratdi.
Erkaklar o‘rtasida 90 kg.gacha bo‘lgan vaznda Shuhrat Boboev ilk jangda AQShlik dzyudochiga yutqazgan bo‘lsa, keyinchalik argentinalik va kubalik sportchilarni engib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Erkaklar o‘rtasida 100 kg.gacha bo‘lgan vaznda Shirin Sharipov chorak final bosqichida turkiyalik raqibni engib, yarim finalga chiqdi. Ammo final yo‘llanmasi jangda u braziliyalik dzyudochiga yutqazdi. Sharipov bronza medali uchun kechgan bellashuvda ozarboyjonlik raqibidan ustun keldi.
Mazkur medallardan keyin O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 17taga etdi: 4ta oltin, 3ta kumush va 10ta bronza.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar