Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

11.09.2016

La liga. «Barselona» o‘z uyida «Alaves»ga yutqazdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 46
La liga. «Barselona» o‘z uyida «Alaves»ga yutqazdi

Ispaniya chempionatining 3-turida "Barselona" o‘z maydonida "Alaves"ni qabul qildi va kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
FIFA kunlari munosabati bilan o‘z terma jamoalaridan qaytgan "Barselona"ning asosiy tarkib futbolchilari yaxshi jismoniy holatda bo‘lmagani bois, Enrike bu bahsda maydonga asosiy tarkibni tushirdi. Bundan tashqari, kataloniyaliklar uchrashuvga ruhiy jihatdan tayyor bo‘lishmagani ko‘rinib turdi. Natijada bahs davomida "ko‘k-anorranglilar"ning o‘yini qovushmadi. Jismoniy jihatdan mavsumga hali tayyor bo‘lmagan Neymar ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydi.
"Barsa" himoyalarining ikkita xatosini "Alaves" futbolchilari ikki marta jazolashdi. O‘yinning 39-daqiqasida mehmonlar yon chiziqdan to‘pni o‘yinga kiritishdi va Kiko Femini darvozabon maydonchasiga kuchli uzatma berdi. Deyverson MatShyoga nisbatan chaqqonroq harakat qildi va darvozani ishg‘ol qildi.
MatShyo ikkinchi bo‘limda o‘z xatosini to‘g‘riladi va hisobni tenglashtirdi. U burchakdan etkazilgan uzatmani bosh bilan raqib darvozasiga joyladi. Oradan 2-3 daqiqa o‘tib frantsiyalik himoyachi xuddi shunday vaziyatda yana bir marta gol urishi mumkin edi. Neymar burchakdan etkazgan uzatmaga Jeremi bosh bilan zarba berdi. To‘p himochiga tegib qaytdi va MatShyoning o‘zi 6 metr masofadan o‘ng oyoqda zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi.

O‘yinning 64-daqiqasida "Alaves" ikkinchi marta kataloniyaliklar darvozasiga yo‘l topdi. GOOOOL!!! XavSher Maskerano to‘pni qaytarish chog‘ida uni oyoqlari ostidan o‘tkazib yubordi. Ibai Gomes to‘pni egalladi, yo‘l-yo‘lakay Aleish Vidalni aldadi va olis burchakni aniq nishonga oldi.

Enrike maydonga InShesta, Messi va Luis Suaresni tashladi, ammo ularning harakatlari ham "Barselona"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qola olmadi.
Ispaniya La ligasi, 3-tur
BARSELONA - ALAVES - 1:2
Gollar: Jeremi MatShyo (47) — Deyverson (39), Ibai Gomes (64)
Barselona – Sillessen, Aleish VidalSh, MatShe, DinSh, Rakitich, Maskerano, Denis Suares (Messi, 60), Buskets, Turan (InShesta, 64), Neymar, Pako AlShkaser (Luis Suares, 66).
Alaves – Pacheko, Ruano, Teo, Garsiya Karnero, Laguardia, Markos LShorente, Femeniya (Vigaray, 74), Mendes (Espinosa, 70), Torres, Ibai Gomes (Kamarasa, 79), Deyverson.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar